Isroil garovga olinganlarni ozod qiliş va Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuvga HAMAS jangarilarining anklav janubidan şimolga harakatlanişiga tösqinlik qiluvçi mexanizm yaratiş haqidagi bandni kiritişni taklif qildi. Bu haqda Axios yozdi. Qayd qilinişiça, Isroil yangi rejani allaqaçon AQŞga yuborgan.

Ismini oşkor etmagan isroillik mulozimga köra, Tel-Aviv xorijiy davlat tomonidan yaratilgan tuzilma anklav böylab jangarilar harakati va qurol-yaroğ taşilişini nazorat qilişi kerak, deb hisoblaydi. Şu bilan birga, Isroil bunday mexanizm qanday işlaşi kerakligi haqida batafsil ma’lumot bermagan.

Yangilangan taklif, şuningdek, kelişuvning birinçi bosqiçida Isroil armiyasini Ğazo sektorida qayta joylaştiriş rejasiga özgartirişlar kiritişni talab qiladi. Biroq Isroil tomoni birinçi bosqiçda öz armiyasini anklav va Misr çegarasidagi Filadelfiya koridorida qolişi talabini özgarişsiz qoldirdi.

Taklif kelişuv böyiça navbatdagi muzokaralar boşlanişidan bir kun oldin Qöşma Ştatlarga yuborilgan. 28 iyul kuni Rimda Mossad direktori David Barnea, Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Uilyam Berns, Qatar boş vaziri Muhammad bin Abdurahmon bin Jassim Ol Soniy va Misr razvedkasi rahbari Abbos Komil örtasida uçraşuv bölib ötadi.

Isroil va HAMAS örtasidagi muzokaralar bir neça oydan beri davom etmoqda. Qöşma Ştatlar tomonidan taklif etilgan uç bosqiçli öt oçişni töxtatiş töğrisidagi bitim loyihasida tomonlar garovga olingan 116 nafar isroillikni ozod qiliş uçun Ğazodan Isroil qöşinlarini töliq olib çiqib ketiş bilan harbiy harakatlarni yakuniy töxtatiş haqida kelişib olişlarini nazarda tutadi.

Biroq Isroil janglarni çeksiz töxtatişga, şuningdek, anklavdagi nazoratni jangarilar qöliga ötkazişga rozi bölmadi. Sönggi kunlarda Isroil kelişuv şartlarini keskinlaştirdi va tinç aholini Ğazo sektorining janubidan şimolga köçib ötiş jarayonida tekşirişni talab qildi.