Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning Kongressdagi nutqini 90 ga yaqin kongressmen boykot qildi, şunga qaramay, qolgan qonunçilar uni olqişlarga kömdi. Isroil rahbari öz nutqida Eronga qarşi köp tomonlama harbiy alyans tuzişga çaqirdi. “Geosiyosat” taşrif davomidagi şu va boşqa voqealarni şarhlaş uçun ekspertlar Kamoliddin Rabbimov va Farhod Karimovga murojaat qildi.
Köpdan köp qarsaklar
Farhod Karimov: — Kongressmenlar Netanyahuning nutqini tinglaşdan köra köproq uni qöllab-quvvatlaş uçun yiğilgandek körindi, çunki har qanday gapdan keyin hamma turib olqişladi. Göyoki AQŞning maxsus vakili qandaydir missiyani qoyillatib bajardi-yu, endi uni qöllab-quvvatlaş kerakdek taassurot uyğondi. Albatta, bunda asosiy olqiş respublikaçilar tomonidan bölganini ta’kidlaş kerak.
Minglab amerikaliklar esa Netanyahuni namoyişlar bilan kutib oldi. AQŞdagi söl yahudiylar, ortodoksallar bu çiqişni yaxşi kutib olişmadi, albatta. Hatto Kongressdan örin olgan önlab demokratlar ham bu nutqni eşitmaslikka qaror qilişdi va öz noroziliklarini bildirib turişdi.
Umuman, AQŞda Isroil va Netanyahuga bölgan munosabat farq qiladi. Isroil davlat sifatida sözsiz qöllab-quvvatlanadi, lekin sionist Netanyahuga minglab bolalar, yoşlar, ayollarning begunoh ölimiga sabab bölgan şaxs sifatida, şuningdek, oziq-ovqat yetişmovçiligi, içimlik suv taqçilligiga sabab bölayotgan şaxs sifatida qaraşadi.
“Netanyahuning xohişi – Trampning hokimiyatga qaytişi”
Kamoliddin Rabbimov: — Aytiş mumkinki, Jo Baydenning hokimiyatga kelişi bilan Isroil va AQŞ örtasidagi munosabatlar ança sovuqlaşdi. Isroilni eng köp qöllab-quvvatlagan AQŞ prezidenti Donald Tramp bölsa, Isroilga eng salbiy munosabatda bölgan davlat rahbari Barak Obamadir. Obama prezidentligi vaqtida Bayden vitse-prezident edi. Demokratlar Yaqin Şarqda umumiy kompleksni şakllantirgan holda boşqa davlatlar bilan kelişiş yölini tutdi. Tramp esa bu borada şavqatsiz siyosatni yuritib, kuç işlatiş yölini tanladi. Ya’ni AQŞga yaqinlaşişning şarti bu Isroilni qabul qilişdir. Çunki köplab arab davlatlari Isroilni davlat sifatida qabul qilmagan edi. Ammo Tramp arab davlatlariga bosim ötkazib, Isroilni davlat sifatida qabul qilişlarini talab qilgan. Arab davlatlari orasida qabul qilmaslik pakti mavjud bölib, buni faqat Iordaniya va Misr buzişga majbur bölgan edi, Isroil bilan uruşlarda özining hududini yöqotgandan keyin. Ammo Bahrayn, Marokaş, BAA kabi davlatlar Tramp davrida Isroil bilan munosabatlarini ança yaxşilaşdi. Köpgina arab davlatlari AQŞga yaqinlaşiş maqsadida Isroil bilan hisoblaşişiga töğri keldi.
7 oktyabrdan keyin Isroilning reputatsiyasi ança salbiylaşdi. Çunki örtaça hisobga köra 38-39 mingga yaqin falastinlik tinç aholi qirib yuborildi. Ularning kattagina qismini bolalar, ayollar taşkil etgan. Bu kabi holatlar demokratik davlatlarning Isroil hukumatiga bölgan munosabatini salbiylaştirdi, albatta. Netanyahuning asosiy maqsadi – Tramp hokimiyatga qaytgani holda, avvalgi siyosiy rejalarni birga amalga oşirişni davom ettiriş. Ammo Bayden hokimiyatda bölgan vaqtda Netanyahuning Kongressga taşrifi orqaga surilib kelinayotgan edi.
AQŞ Isroildan voz keçişni xohlamaydi, ammo boşqa arab davlatlari bilan ham munosabatlarni mö’tadil uşlab turişga harakat qiladi. Isroil esa mintaqadagi birinçi ittifoqçi sifatida hamma narsa öz rejalari asosida amalga oşişini istaydi. Lekin bu AQŞning global manfaatlariga mos kelmaydi.
Bu taşrifdan asosiy manfaatdor – Netanyahu
Farhod Karimov: — Köplab kongressmenlar bu nutqda nafaqat iştirok etişmadi, balki ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlarida bunga öz yondaşuvlarini bildirib ötişdi. Misol uçun, maşhur siyosatçi Tomas Milson öz intervyusida aytişiça, bu çiqişdan maqsad aslida AQŞ va Isroil munosabatlarini yaxşilaş emas. Çiqişning asosiy maqsadi – birinçidan, Netanyahuning siyosiy faoliyatini yaxşilaş va Isroilda uning siyosiy obrösini yuqori poğonaga olib çiqiş. Ikkinçidan, Ğazodagi Netanyahuning siyosatini inkor etayotgan turli guruhlarga uning orqasida AQŞdek davlat turganini bildirib qöyiş uçun amalga oşirildi, deb baholaydi. Ya’ni bu yerda asosiy masala muammoni hal qiliş emas, balki butun dunyo hamjamiyatini çalğitişdir.
Şuningdek, AQŞda söl yahudiylar ham mavjud bölib, ularning fikriça AQŞdagi bu siyosat butun dunyoda yahudiylarga bölgan munosabatni özgartirib yubormoqda. Bu esa Isroil hukumatining eng katta xatolaridan biri aslida. Netanyahuning nutqida şuningdek bu masala sivilizatsiya va varvarlar örtasidagi kuraş deb baholanişi ham öşa qatlamning kuçli noroziligiga sabab böldi va bu masalani sivilizatsiya darajasiga kötarişning mavridi emas edi degan fikrdalar. Siyosatşunos olimlar ham bu çiqişga öz fikrlarini bildirib ijtimoiy tarmoqlarda çiqişlar qilişmoqda. Ularning fikriça, Netanyahuning bu siyosati AQŞda jamiyatning bölinişiga sabab bölmoqda, bu esa yöl qöyib bölmas holat deb baholanyati.
Eronga qarşi alyansdan maqsad nima?
Farhod Karimov: — AQŞni mintaqadagi harbiy jarayonlarga tortiş uçun qandaydir institutsional şakl kerak. Iordaniya va Qatarda AQŞning harbiy bazalari bor, lekin Netanyahu bu markazda Isroilning özi turişini istab, uşbu loyihani taklif qilmoqda. Va AQŞda bu borada tajriba bor, 1958 yilda Bağdod pakti imzolangan bölib, bu pakt harbiy alyans tuzişga asos bölgan. Xuddi ana şu amaliyotni qayta joriy etiş ğoyasi ilgari surilmoqda Netanyahu tomonidan. Bu yerda Eron va terrorizm bahona sifatida körsatilmoqda.
Kamoliddin Rabbimov: — Bu aslida Netanyahuning loyihasi bölib, agar demokratlar hokimiyatda qoladigan bölsa bu loyiha amalga oşmasligi aniq, albatta. Ammo Netanyahu Yaqin Şarqdagi davlatlarga duşman sifatida Eronni körsatmoqda va bu loyihani qöllaşlari kerakligini ta’kidlamoqda. Ammo Yaqin Şarqdagi geosiyosiy jarayon ança özgargan, Eron va Saudiya örtasidagi munosabatlar ança iliqlaşgan.
Ekspertlar şarhi bilan töliq holda video orqali tanişing.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.










