Isroil taşqi işlar vaziri Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni Isroilga hujum ehtimoli oqibatlari haqida ogohlantirdi. «Erdöğan Saddam Husaynning izidan bormoqda va Isroilga hujum qiliş bilan tahdid qilmoqda, u yerda (Iroqda) nima bölganini va hammasi qanday yakunlanganini eslab körsin», — deb yozdi Kats 28 iyul, yakşanba kuni keçqurun X ijtimoiy tarmoğida. U Turkiyaning amaldagi rahbari va Iroq sobiq prezidenti tasvirlangan fotokollajni joylaştirdi.
Bundan bir neça soat oldin turk prezidenti Turkiya boşqa davlatlar va hududlar bilan ötmişda bölgani kabi Isroilga ham «kirişi» mumkinligini aytdi. Erdöğan qanday aralaşuvni taklif qilayotganiga aniqlik kiritmadi. Falastin milliy ma’muriyati bilan «Isroil bu bema’ni işlarni qilolmasligi uçun biz juda kuçli bölişimiz kerak», dedi u Rize şahrida özining hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi yiğilişida. «Biz Qoraboğga, Liviyaga kirganimizdek, ular bilan ham (Isroil) şunday qilişimiz mumkin», – deya ta’kidladi Turkiya rahbari. «Biz buni qila olmasligimiz uçun heç qanday sabab yöq... Bu qadamlarni qöyiş uçun kuçli bölişimiz kerak», - deya qöşimça qildi Turkiya rahbari keyinçalik televideniye orqali qilgan murojaatida.
HAMAS harakatining Isroilga hujumiga javoban Ğazo sektorida Isroil armiyasi harbiy amaliyoti boşlanganidan beri Isroil va Turkiya örtasidagi munosabatlar keskin yomonlaşgan. Erdöğan HAMASni «ozodlik taşkiloti» deb atagan va Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuni Adolf Hitlerga qiyoslagan. Iyul oyi örtalarida Turkiya rahbari uning mamlakati Falastin hududida barqaror tinçlik örnatilmagunça, NATO va Isroil örtasidagi hamkorlikka endi rozi bölmasligini aytgan edi.
Turkiya Liviyani qanday qöllab-quvvatlaydi?
2020 yilda Turkiya BMT tomonidan tan olingan Liviya Milliy kelişuv hukumatini qöllab-quvvatlaş maqsadida Liviyaga öz qöşinlarini yuborgan, deya eslatadi Reuters. Anqara Ozarboyjonning Toğli Qoraboğdagi harbiy amaliyotlariga bevosita aloqadorligini rad etadi, biroq 2023 yilda özining yaqin ittifoqçisini qöllab-quvvatlaş uçun «barça vositalarni, jumladan, harbiy tayyorgarlik va modernizatsiyani qöllaşini» bildirgan.
Iroqda Husayn rejimining ağdarilişi
2003 yilda AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya Iroqqa bostirib kirdi. Harbiy operatsiya Saddam Husayn rejimining ağdarilişiga olib keldi. 2006 yil dekabrida Husayn 1982 yilda Iroqning Dujayl şahrida şialarni qirğin qilganlikda ayblanib qatl etilgan.












