31 iyul, Parij Olimpiadasining beşinçi kunida Özbekiston delegatsiyasi dzyudo, boks, kamondan otiş va akademik eşkak eşiş böyiça bahslarda qatnaşişdi.
Dzyudo böyiça Özbekiston jamoasi a’zosi Gulnoza Matniyazova özining uçinçi Olimpiadasini ğalaba bilan boşladi.
-70 kg vazn toifasida iştirok etgan özbekistonlik sportçi ilk bosqiçda KXDR vakili Song Munni doğda qoldirib, ikkinçi davraga yöl oldi.
Ammo çorakfinalda Matniyazova yaponiyalik kuçli raqib Saki Nizoyega yutqazib, turnirdagi iştirokini töxtatdi.

Erkaklar jamoasi vakili, medal kutilgan Davlatbek Bobonov ham muvaffaqiyatsizlikka uçradi.
-90 kg vazn toifasida iştirok etgan özbekistonlik dzyudoçi BAA nomidan qatnaşgan Aram Grigoryanga qarşi bahs olib bordi va mağlubiyatga uçrab musobaqani tark etdi.

Davlatbek Bobonov Osiyo va Jahon çempionati sovrindori hisoblanadi. Tokioda bölib ötgan Olimpiadada bronza medalini qölga kiritgan.

-57 kg bölgan vazn toifasida jang qiluvçi Özbekiston Olimpiadasi bayroqdori Abdumalik Halokov Şvetsiya vakili Nebil Ibrahimga qarşi jang qildi.
Nebil Ibrahim Yevropa çempionati sovrindori hisoblanadi.
Uç raund davom etgan bahsda 24 yoşli özbek sportçisi ğalaba qozondi va keyingi bosqiçga yöl oldi. Hakamlar barça raundlarda özbek sportçisining ğalabasini e’tirof etdi — 5:0.

Halokov endi 3 avgust kuni çorakfinal doirasida ringga çiqadi.

Ma’lumot uçun, bungaça Özbekiston erkaklar boks jamoasi vakillaridan Lazizbek Mullojonov (-92 kg), Ruslanbek Abdullayev (-66 kg), Bahodir Jalolov (+92), Hasanboy Dösmatov (-51 kg) hamda Törabek Habibullayev (-80 kg) birinçi janglarida ğalaba qozonib, keyingi bosqiçga ötgandi.
Ayollar jamoasidan esa Sitora Turdibekova (-57 kg) birinçi bosqiçdan muvaffaqiyatli ötgan, Nigina Öktamova (-54 kg) ilk jangda yutqazib, turnirdagi iştirokini yakunlagan.
Kun davomida Özbekiston erkaklar jamoasining -71 kg vazn toifasidagi vakili Asadxöja Möydinxöjayev ham bahslarga qöşiladi.
Akademik eşkak eşiş böyiça Özbekiston jamoasi a’zolari Şahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev juftligi iştirokini yakunladi.

Yengil vazn toifasidagi sportçilar örtasidagi bellaşuvlarda qatnaşgan özbekistonlik sportçilar C finalida iştirok etib, 6:31.33 daqiqa körsatdi va 3-bölib marraga yetib keldi.
Uşbu natija bilan sportçilar Olimpiadani 15-poğonada yakunlaydigan böldi.
Bugungi bahslarda Özbekistondan ikki kamonçi - Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova ham qatnaşdi.
Amirxon Sodiqov pley-off bosqiçining ilk davrasida argentinalik Damian Jarabilla bilan bellaşdi va 6:2 hisobida ğalaba qozondi.
Ammo u 2-davrada London Olimpiadasi ğolibi italiyalik Mauro Nespoliga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va Olimpiya öyinlarida yakkalik dasturidagi iştirokini yakunladi.

Ziyodaxon Abdusattorova esa pley-off bosqiçida dastlabki bahsidayoq muvaffaqiyatsizlikka uçradi.

Çexiyalik Mariye Xoraçkova bilan bellaşgan Ziyodaxon 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va yakkalik dasturidagi iştirokini şu nuqtada yakunladi.
Endi uşbu kamonçilar aralaş juftlik dasturida öz imkoniyatini sinab köradi.











