Indoneziyada Osiyo öyinlari doirasida dzyudo böyiça bahslar ötkazilmoqda.

Bugun özbekistonlik 4 nafar dzyudoçi bahslarga qöşildi.

Saralaş bahslarida jamoaning 3 nafar vakili ğalabaga erişdi. -73 kg vazn toifasida Ğiyosjon Boboyev yamanlik raqibi Ahmed Salemni mağlub etdi va çorak finalga çiqdi. -80 kg vazn toifasida Şarofiddin Boltaboyev ham ilk jangda ğalabaga erişdi, u livanlik Azar Stivendan ustun keldi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Jamoaning -70 kg vazn toifasidagi vakili Gulnoza Matniyazova ham hindistonlik Garima Gudariga imkoniyat qoldirmadi va vazari bahosi bilan ğalaba qozonib, çorak finalga ötdi.  -57 kg vazn toifasidagi Amangul Allanazarova esa ilk jangdayoq şimoliy koreyalik Kim Jin Aga mağlub böldi.

Çorak finalda yana ikki sportçimiz muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Avvaliga Ğiyos Boboyev BAA vakili Viktor Skvortovga yutqazdi. Şundan keyin bronza uçun ötiş öyinlarida qatnaşgan Boboyev şimoliya koreyalik Kim Çol Kvangdan mağlub böldi.

Şarofiddin Boltaboyev esa dzyudo vatani Yaponiyadan kelgan sportçi Takeşi Sasakiga mağlub böldi.

U bronza medali uçun ötiş bahsida möğulistonlik Otgonbatar Uganbatarga qarşi gilamga çiqdi. Bahs davomida jarohat olgan Boltaboyev yana yutqazdi va medalsiz qoldi.

-70 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Gulnoza Matniyazova esa çorak finalda möğulistonlik Tsend-Ayuş Naranjargalni ippon bahosi bilan mağlub etdi.