The Times of Israel naşrining xabariga köra, “Hizbulloh” guruhi Livandan turib Isroil hududiga yopirilma raketa zarbasi uyuştirgan.

Naşr ma’lumotlariga köra, Galiley yarimoroli uzra “Temir qubba” havo hujumidan mudofaa tizimi uçirilgan raketalarning katta qismini tutib olgan. Kiryat-Şmona va unga yaqin bir neça aholi punktlarida havo hujumidan ogohlantiriş signallari çalingan.

Bir qator OAVlar Isroilga qarata önlab raketalar uçirilganini yozayotgan bölsa, ayrimlar ularning soniga aniqlik kiritib, raketalar 50 ta bölganini aytişmoqda.

Bungaça, 3 avgust kuni keçqurun TsAHAL “Hizbulloh”ning Livan janubidagi Kfarkela tumanidagi obektlariga zarba berganini xabar bergan edi. Zarbalar infratuzilma obektlari va harbiy tuzilmalarga qarata berilgani xabar qilinmoqda.

“Bugun Isroil HHK samolyotlari Dayn Saryan hududida “Hizbulloh” terrorçisini yöq qilgan. Bundan taşqari Isroil mudofaa armiyasi artilleriyasi Udayssa hududidagi obektlarga zarba bergan”, — deyiladi TsAHAL xabarida.

Sky News Arabiaʼning ğarb razvedkasidagi manbalariga tayanib bergan xabariga köra, Eron Isroilga 12-13 avgust kunlari hujum qilişni möljallamoqda.