Isroil bilan ehtimoliy mojaroga tayyorlanayotgan Eron Rossiyadan harbiy yordam, jumladan ilğor havo hujumidan mudofaa tizimlarini söradi. Bu haqda The New York Times (NYT) yozdi.

Naşr eronlik ikki manbaga tayanmoqda, ulardan biri Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) vakili ekani ta’kidlanmoqda. Ularning sözlariga köra, Moskva allaqaçon Eronga radarlar va havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun uskunalar yetkazib berişni boşlagan.

NYT bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi, sobiq mudofaa vaziri Sergey Şoyguning Eronga taşrifidan keyin yozdi. 5 avgust kuni Şoygu Tehronda mamlakatning yangi prezidenti Mas’ud Pizişkiyon va Eron Boş ştabi rahbari general Muhammad Boğiriy bilan uçraşdi. «Biz Eron bilan mintaqaviy masalalar böyiça töliq hamkorlikka tayyormiz», dedi Şoygu.

The Jerusalem Post gazetasining yozişiça, AQŞ yaqin 48 soat içida Eronning Isroilga hujumini kutmoqda. Ba’zi boşqa manbalarga köra, Eron zarba beriş uçun 12 yoki 13 avgustni tanlaşi mumkin.

31 iyul kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehrondagi portlaş oqibatida halok böldi. Eron qotillikda Isroilni aybladi va qasos olişga va’da berdi. Isroil vaziyatga izoh berişdan boş tortdi.

5 avgust kuni Isroil agar Tehron hujumga tayyorlanayotganiga oid dalillarni oladigan bölsa, Eronga ogohlantiruvçi zarba beriş imkoniyatini körib çiqayotganini ma’lum qildi.