Qöşma Ştatlar Isroilga 20 milliard dollardan ortiq (taxminan 18,2 milliard yevro) qöşimça qurol eksportini ma’qulladi. Davlat departamentining 13 avgust, seşanba kuni xabar berişiça, gap, xususan, 50 ga yaqin F-15 qiruvçi samolyotlari va 33 ming birlikdagi öq-dorilar haqida bormoqda. Bu «Isroilning joriy va kelajakdagi duşman tahdidlariga javob beriş qobiliyatini yaxşilaşi kerak», dedi departament. 

AQŞ Kongressiga yuborilgan bildirişnomaga köra, F-15 qiruvçi samolyotlari 18,25 milliard dollar (taxminan 16,6 milliard yevro) turadi va 2029 yilda yetkazib berilişi kerak. Bundan taşqari, Isroil Mudofaa vazirligi AQŞdan 50 mingtagaça minomyot snaryadlari va harbiy transporter sotib oladi. 

May oyida AQŞ prezidenti Jo Bayden Ğazo sektori janubidagi Rafahda harbiy amaliyotda qöllanişi mumkinligidan xavotirlar tufayli Isroilga aviatsion bombalarni yetkazib beriş töxtatilganini e’lon qilgan edi. Biroq Vaşingtonga köra, bu qaror boşqa turdagi qurollar yetkazib berişga ta’sir qilmagan. 

F-15 qiruvçi samolyotlarini yetkazib beriş böyiça, Davlat departamenti Qöşma Ştatlar «Isroil xavfsizligini ta’minlaşga sodiq» ekanini tuşuntirdi. «AQŞ milliy manfaatlari uçun Isroil mudofaa qobiliyatini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş juda muhim», deb ta’kidladi departament.

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
 
Hamasning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida Hamasga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri deyarli 40 ming falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.