Gallant Netanyahuning Hamas ustidan töliq ğalabaga erişiş maqsadini «safsata» deb atagan, Netanyahu bunga javoban mudofaa vazirini Isroilga qarşi ritorikada ayblagan.
Bu kelişmovçilik mintaqadagi vaziyat keskinlaşişi ehtimoli böyiça xavotirlar ortayotgan pallada yuzaga keldi: Isroildagilar Tehronda Hamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya va Bayrutda «Hizbulloh»ning yuqori martabali qömondoni Fuad Şukr öldirilganiga javoban Eron hamda uning Livandagi proksi guruhi tomonidan javob qaytarilişini kutmoqda, AQŞ esa Yaqin Şarqdagi harbiy mavjudligini oşirmoqda.
«Garovga olinganlarni ozod etiş böyiça muzokaralar töxtab qolişiga qisman Isroil sababçi böldi», — deya Gallantning duşanba kuni parlament qömitasi uçun yopiq brifingda aytgan sözlaridan iqtibos keltirgan Isroil naşrlari.
Gallant Isroil qarşisida turgan, mamlakat şimolida «Hizbulloh» va Ğazoda Hamas bilan mojaroga barham berişi mumkin bölgan öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv hamda uruşda keskinlikni kuçaytiriş böyiça tanlovlarni muhokama qilgan.
«Men va butun mudofaa vazirligi birinçi variantni qöllaymiz», — degan u va Netanyahu uruş maqsadi sifatida Ğazoda Hamas ustidan töliq ğalabaga erişişni belgilab olganini «bema’nilik» deb atagan.
Gallantning sözlari OAVda paydo bölganidan bir neça soat ötib Netanyahu javob çiqişini amalga oşirdi, uning kanselyariyasi e’lon qilgan bayonotda Gallant garovdagilarni ozod etiş böyiça kelişuvni xavf ostiga qöyişda ayblanadi.
«Gallant Isroilga qarşi ritorika bilan çiqqanida, u kelişuvga erişiş imkoniyatlariga zarar yetkazadi», — degan Netanyahu va Hamas yetakçisi Yahyo Sinvar — «kelişuv yölidagi yagona tösiq bölgani va şunday bölib qolayotgani»ni aytgan.
Netanyahu Isroil uçun uruşdagi maqsad «töliq ğalaba», Hamasni yakson etiş va ötgan yil 7 oktyabrida garovga olinganlarning qolganlarini ham ozod etiş ekanini ta’kidlagan.
«Bu boş vazir Netanyahu va xavfsizlik kabinetining aniq körsatmasi bölib, u barça uçun, jumladan Gallant uçun ham majburiydir», — deyiladi boş vazir idorasi bayonotida.
«Bugun Taşqi işlar va mudofaa qömitasida ötkazgan xavfsizlik masalalari böyiça brifing vaqtida men uruşning maqsadlariga erişiş, Hamas yöq qilinmaguniça va garovga olinganlar qaytarilmaguniça kuraşni davom ettiriş niyatida ekanimni qayd etdim», deyiladi Gallantning bunga javoban berilgan bayonotida.
U şuningdek uruş boşlanganidan buyon tinmayotgan, jumladan duşanba kuni ham röy bergan «axborot sizib çiqişi»ni qoralagan.
Netanyahuning «Likud» partiyasi a’zosi bölgan Gallant bundan oldin ham boş vazir bilan nizolaşgan.
Ötgan yili u ommaviy namoyişlar kelib çiqqanidan keyin Netanyahu hukumatini Isroil sud tizimini qayta taşkil etiş böyiça taklifni amalga oşirişni töxtatişga çaqirgandi.
May oyida Gallant Ğazoni uruşdan keyin boşqariş böyiça reja yöqligi Isroilni anklavni doimiy ravişda egallab turişga majbur qilişi mumkinligi, bu esa «heç qanday maqsadsiz qon tökilişi va qurbonlar»ni talab qilişini aytgandi.
AFP agentligi xabariga köra, isroillik mulozimlardan biri şaxsi sir qolişi şarti bilan, Netanyahu öziga qarşi çiqqaniga qaramay, Gallantni mudofaa vaziri lavozimidan ozod etmoqçi emas.
Hamas siyosiy byurosi a’zosi Izzat al-Rişk «Gallantning iqrori (…) biz doim aytib kelgan gaplarni tasdiqlaydi» degan.
«Netanyahu butun dunyoni va garovdagilarning oilalarini aldab keladi, uni garovdagilarning hayoti taşvişga solmaydi va u kelişuvga erişişni istamaydi», — deya qöşimça qilgan u.

Hamas vakillari, Isroildagi ayrim tahlilçilar va tanqidçilar bir neça marta Netanyahuni özining siyosiy foydasi uçun harbiy harakatlar uzoq çözilişiga intilişda ayblagandi.
Isroil va Hamas örtasida öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar bir neça bor turli sabablarga köra barbod böldi.
Vositaçilar iştirokida muzokaralarning navbatdagi bosqiçi 15 avgust kuni Doha yoki Qohirada boşlanişi kutilmoqda. Şu kunlarda Hamas yangi rejalarni işlab çiqişga vaqt sarflamasdan, AQŞ prezidenti Jo Bayden may oyida taklif qilgan rejaga qaytişni istayotganini ma’lum qilgandi.
Ötgan haftada Bayden, şuningdek, Misr va Qatar yetakçilari uçraşuvda Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça «yakuniy» taklifni taqdim etişga tayyor ekanliklarini bildirişdi.
Netanyahuning idorasi Isroil uçraşuvga muzokaraçilar jamoasini yuborişini ma’lum qilgan. Uçraşuvda Hamas vakillari ham iştirok etişi böyiça aniq ma’lumot yöq. Yakşanba kuni Hamas öz bayonotida urçaşuvda iştirok etişdan manfaatdor emasligini xabar qilib, taşkilot avvalroq öt oçişni töxtatiş böyiça rozilik berganini qöşimça qilgandi.
Bu haftada Bayden ma’muriyatidagi bir qança yuqori martabali mulozimlar Ğazoda öt oçişni töxtatişga undaş, Eron yoki uning tarafdorlarining Isroilga ehtimoliy hujumlarining oldini oliş maqsadida Yaqin Şarqning turli mamlakatlariga taşrif buyurdi, deb xabar bergan Amerikadagi manbalar.
Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Uilyam Byorns Qatarga borgan, Baydenning Yaqin Şarq böyiça koordinatori Brett Makgurk Misrda ham, Qatarda ham bölgan, Oq uyning katta maslahatçisi Amos Xoxşteyn Livanga taşrif buyurgan.
Duşanba kuni Oq uy Baydenning Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiya rahbarlari bilan birgalikdagi qöşma bayonotini e’lon qildi, unda ular öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişiş harakatlarini qöllab-quvvatlagan va şunday deyişgan: «Endi behuda vaqt sarflaş kerak emas».
Siyosiy yetakçilar şuningdek «Eronni Isroilga harbiy hujum uyuştiriş böyiça doimiy tahdidlarini töxtatiş»ga çaqirgan.
Bu vaqtda esa isroillik harbiylar Ğazo janubi-ğarbidagi Xon Yunus şahri atrofida yaşovçi tinç aholi vakillariga «gumanitar zonalar»ga evakuatsiya qilişni buyurib, öz yurişini davom ettirmoqda. Ammo, köplab falastinliklarning sözlariga köra, isroillik harbiylar gumanitar zonalar sifatida belgilagan hududlarda ham yaşaş uçun eng zarur bölgan vositalar yetişmayapti.













