Misr taşqi işlar vaziri Samih Şukriy 22 avgust kuni Qohirada Isroil, AQŞ va Misr delegatsiyalari iştirokida muzokaralarning ikkinçi bosqiçi boşlanişini ma’lum qildi. Unda 16 avgustda taqdim etilgan Amerika tinçlik rejasi muhokamalar uçun asos bölişi kerak. «Kommersant» naşrining yozişiça, Qöşma Ştatlar öz loyihasi mazmunini oşkor qilmagan, biroq unda ikki tomonning xohiş-istaklari inobatga olingani da’vo qilinmoqda.

Şunday bölsa-da, Hamas 20 avgust kuni Amerika taklifini tanqid qilib, u vositaçilar bilan ötgan ikki oy davomida muhokama qilingan bandlarga mos kelmasligini ta’kidladi. Guruhning qayd qilişiça, AQŞ yangi rejaga Isroilning takliflarini kiritgan. Hamas esa bunga rozi emas.

Qatarning «Al-Arabiy Al-Jadid» gazetasining ta’kidlaşiça, Hamas tomonidan qabul qilinmayotgan tahrir uçta: Isroilning Ğazo-Misr çegarasidagi Filadelfiya yölagida öz harbiylarini saqlab qoliş talabi; anklav içida falastinliklarning harakatini nazorat qiliş uçun sektorning şimoli va janubi örtasida nazorat punktlarini örnatiş; Isroil garovga olinganlar evaziga qamoqdan ozod qilişga tayyor bölgan falastinlik mahbuslar sonini kamaytiriş.

Gazetaning yozişiça, Hamas Isroil qöşinlarini Ğazodan olib çiqib ketiş muddati böyiça yon bosgan, vaholanki, avvalroq, guruh sulhning dastlabki kunlarida barça qöşinlar hududni tark etişi kerakligini ta’kidlagan edi.

Hamas siyosiy byurosi a’zosi Suhayl al-Hindiy «Al-Arabiy al-Jadid» bilan suhbatda aniqlik kiritdiki, guruh muzokaralarga tayyor, ammo Isroilning yangi talablarisiz. U, şuningdek, bir kun avval guruhni muzokaradan boş tortişda ayblagan AQŞ prezidenti Jo Baydenning bayonotini notöğri deb atadi.

«Qatar va Misrdagi vositaçilar harakatning avvalgi barça muzokaralarga ijobiy va mas’uliyat bilan munosabatda bölganini, kelişuvga erişişga doimo tösqinlik qilgan va yangi şart va talablarni ilgari surgan Netanyahu ekanligini bilişadi», deb ta’kidladi Hamas vakili.

AQŞ va Misr falastinliklarning talablarini e’tiborga oldi va sönggi ikki kundan beri Isroil rahbariyatiga Filadelfiya yölagidagi harbiy iştirokidan voz keçişi uçun bosim ötkazmoqda, deb aniqlik kiritdi Axios portali. Unga köra, Isroil, Misr va Amerika delegatlari 18 va 19 avgust kunlari Qohirada uçraşgan. Yiğilişda Isroil Filadelfiya yölagidagi qöşinlari sonini kamaytirişga tayyorligini, biroq jangarilar va qurollarning yölak orqali harakatlanişini nazorat qiliş uçun töliq olib çiqişdan voz keçmasligini aytgan. Ammo Misr Ğazo bilan çegarada birorta ham isroillik askar bölmasligini ta’kidlab, bunday çorani qisman rad etgan.

Axios xabariga köra, Binyamin Netanyahu Isroil falastinliklarga yon bermasligini ta’kidlamoqda. Siyosatçi fikriça, yahudiy davlatining kuçli pozitsiyasi Hamasni Isroil şartlari böyiça kelişuv imzolaşga majbur qilişi kerak. Biroq, hamma ham boş vazirning fikriga qöşilavermaydi.

Axios portalining ta’kidlaşiça, muzokaraçilar guruhi Netanyahudan özlariga köproq harakat erkinligi berişni va sönggi talablaridan voz keçişni söragan. Aks holda, kelişuv şunçaki imkonsiz böladi, deb ismini oşkor etmagan isroillik yuqori martabali amaldorlardan iqtibos keltirdi naşr. Ularga köra, Binyamin Netanyahu, Hamas rad etişini oldindan bilib turib, Isroilning talablarini ataylab kuçaytirgan. Boş vazir idorasi bu ma’lumotga izoh bermadi.

Garovga olinganlarning oilalari ham muzokaralar töxtab qolganidan ğazabda. Isroil mudofaa kuçlari Ğazo janubidagi Xon Yunisda garovdagi olti nafar isroillikning jasadini topgani haqidagi xabar ham ularga ijobiy tuyğularni bahş etmagani aniq.

Boş vazir maslahatçisi Devid Gendelman sözlariga köra, 109 nafar Isroil fuqarosi hamon Hamas asirligida qolmoqda. Isroil armiyasi razvedka ma’lumotlariga tayanib, iyun va iyul oylarida ulardan beş nafari halok bölgani haqida xabar bergan edi. Harbiylarga köra, bu odamlar 2024 yil boşida Xon-Yunisda öldirilgan. Armiya ularning ölimi sabablarini, jumladan, garovga olinganlarning Isroil öqqa tutilişi çoğida halok bölganlik ehtimolini örganişda davom etişini bildirdi.

Isroil armiyasi olti isroillikning jasadi topilgani haqida xabar bergandan söng, boş vazir Netanyahu garovga olinganlarning qarindoşlari bilan uçraşuv ötkazdi. Keyinçalik qurbonlarning qarindoşlari hukumat rahbari göyoki «kelişuv amalga oşişiga işonçi komil emas» deb tan olganini aytişdi.

Ayni paytda, Binyamin Netanyahuning idorasi xabar berişiça, uçraşuv çoğida boş vazir Isroil harbiy kampaniyasining asosiy maqsadini radikal guruhni butunlay yöq qiliş deb atagan.

«Isroil Hamasni hokimiyatdan olib taşlaş va uning harbiy salohiyatini yöq qiliş uçun barça sa’y-harakatlarini amalga oşirmoqda va bu maqsadga erişiladi», deb ta’kidladi siyosatçi, «Isroil kuçli bosimga qaramay, garovga olinganlarni qaytariş va özining strategik xavfsizlik aktivlarini saqlab qoliş uçun barça sa’y-harakatlarini amalga oşirmoqda». Hukumat rahbari, şuningdek, «kelişuvning birinçi bosqiçida garovga olinganlarning maksimal sonini ozod qiliş imkonini beruvçi şartlarni» qidirayotganiga aniqlik kiritgan.

Har ikki tomon muhim murosaga kelişni istamasligini inobatga olsak, bu kelişuv iş beradimi, buni Qohiradagi muzokaralarning navbatdagi bosqiçi aniqlaydi, deb yakunladi «Kommersant».