Qurbonlar haqidagi ma’lumotlar bir-biriga ters kelmoqda: avvaliga 11 falastinlik halok bölgani aytilgandi, ammo keyinroq boşqa raqamlar keltirildi.
Falastin rasmiylarining sönggi ma’lumotlariga köra, isroillik harbiylarning ötgan tunda boşlangan amaliyoti oqibatida kamida töqqiz kişi halok bölgan: tört nafari — Al-Faraa qoçqinlar lageriga aviazarba oqibatida, yana beş kişi — Jenin va Tulkarmda dronlar zarbasi va qurolli töqnaşuvlar tufayli.
Bu ma’lumot falastinlik şifokorlar bergan xabarga mos keladi: Tubasdagi şifoxonaga yetti jasad olib kelingan, Jenindagi şifoxona yana ikki jasadni qabul qilib olgan.
Şu bilan birga, Qizil yarim oy jamiyatining Falastindagi vakili qurbonlar soni ön nafardan kam emasligi va hatto köproqligini, çunki «tez yordam» maşinalari va şifokorlar ayrim jabrlanganlar oldiga yetib bora olmayotganini aytgan.

Bu amaliyot — ikkinçi intifada (falastinliklarning 2000–2005 yillardagi yirik qözğoloni) davridan buyon Falastinning bir vaqtning özida bir neça şahri zarba ostida qolişi bilan boğliq ilk holatdir.
Hamasning 7 oktyabr kungi hujumi va uning ortidan Ğazo sektorida boşlangan uruş ortidan Ğarbiy sohilda ham zöravonlik holatlari bölib ötdi.
Isroil qöşini uşbu hududda reydlar ötkazib, buni Isroilda ham, Ğarbiy sohilda ham falastinliklarning hujumlarining oldini oliş va töxtatişga uriniş sifatida izohlaydi.
Doimiy keskinlik öçoği hisoblangan Jeninda Isroil qöşini nazorat-ötkaziş punkti örnatilgan bitta yöldan boşqa barça yöllarni bloklagan.
Falastin soğliqni saqlaş vazirligiga köra, isroillik harbiylar Jyenindagi davlat şifoxonasini va uning yaqinida joylaşgan Ibn Sino şifoxonasini, şuningdek, Qizil yarim oy jamiyatining Falastindagi bölimi ştab-kvartirasini va «Bemorlar dösti» jamiyati binosini qurşab olgan.
Isroilliklar ikki şifoxonani ham şturm qilib egallaşni rejalaştirmoqda, bu esa u yerdagi önlab bemorlar hamda şifokorlar hayotiga xavf soladi.
«Ayni vaqtda ayrim bemorlar şifoxonani tark etişga harakat qilmoqda, ammo buning uçun ularning hujjatlari TSAHAL jangçilari tomonidan tekşirilişi lozim. Bu juda qörqinçli vaziyat», — degan BBC muxbiriga voqea joyida bölgan jurnalistlardan biri.

Isroil qöşini Jenin yaqinidagi qoçqinlar lagerida ham reyd ötkazmoqda, bu lager qurolli guruh bazasi sifatida köriladi va ötmişda bu yerda köplab yirik qurolli töqnaşuvlar bölib ötgan.
Lagerda yaşovçilardan biri yaqin atrofda portlaş ovozlarini hamda osmonda dronlar parvozi vaqtida çiqadigan ovozlarni eşitganini aytgan, ammo hozirça qurollangan jangçilar isroillik harbiylar bilan töqnaşuvga kirişgani belgilari yöq.
Uning sözlariga köra, Isroilning zirhlangan buldozerlari lager orqali ötuvçi asosiy yölni buzib taşlagan hamda uning hududida yaşiringan jangarilarning çekiniş yölini tösiş uçun tösiqlar örnatgan.
Tubasda yaşovçilardan biri BBC muxbiriga Isroil qöşini Al-Faraadagi qoçqinlar lageriga «tobora köproq zirhli maşinalar va buldozerlar olib kirmoqda».
«Biz barçamiz xavotir bilan eskalatsiya yuzaga kelişiga tayyorlanyapmiz», — deya qöşimça qilgan u.
TЫAHAL matbuot kotibi, podpolkovnik Nadav Şoşani harbiylarning Ğarbiy sohildagi reydlaridan maqsad — «terrorçi guruh va terrorçilarning inlari»ni yöq qiliş ekanini aytgan, ammo amaliyot qança davom etişi va unda şaxsiy tarkibning qança a’zosi iştirok etayotgani haqidagi savollarni oçiq qoldirgan.

Mamlakat taşqi işlar vaziri Israel Kats Isroil mudofaa armiyasi «ötgan tundan boşlab Jenin va Tulkarmdagi qoçqinlar lagerlarida taşkil etilgan Eron terrori infratuzilmalarini yöq qiliş uçun töliq kuç bilan amaliyot boşlagani»ni aytgan.
Kats Hamas va «Islom jihodi»ni qöllovçi Eronni Ğarbiy sohilda Isroilga qarşi yangi front oçişga intilayotganlikda ayblagan.
«Biz Ğazodagi terrorçilik infratuzilmaga qarşi qanday kuraşayotgan bölsak, bu tahdid bilan ham şunday kuraşişimiz kerak, jumladan, Falastin aholisini vaqtinça evakuatsiya qiliş va barça zarur çoralarni köriş orqali», — deya qöşimça qilgan u.
Isroil armiyasi bayonotida tafsilotlar kam, ammo unda TSAHAL bilan birga «Şin-Bet» içki xavfsizlik xizmati va Isroil çegara politsiyasi «ayni vaqtda Jenin va Tulkarmda terrorning oldini oliş uçun aksilterror amaliyot ötkazayotgani» aytilgan.
Tahlil: hodisa kölami noodatiy
Lyusi Uilyamson, BBC’ning Yaqin Şarqdagi muxbiri:
Xabarlarga köra, Jenindagi faqat bitta yöl oçiq qoldirilgan, qolganlari harbiylar tomonidan tösilgan. Şaharga kiriş joylarida heç kimni kiritmaslik va çiqarmaslik uçun blok-postlar paydo bölgan.
Isroil qöşini mahalliy markaziy şifoxonani, unga qöşni «Ibn Sino» şifoxonasini ham örab olgan. Voqea joyida bölgan BBC muxbiri aytişiça, şifoxonani tark etmoqçi bölgan odamlar isroillik harbiylarga şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni körsatişi talab etiladi va tintib çiqiladi.
Xodimlarimizning sözlariga köra, bunday tintuvlar Jenindagi qoçqinlar lagerida ham amalga oşirilmoqda. Bu yerda falastinliklarning qurolli guruhi mavjud va bu yerda avval ham isroilliklarga qarşi köplab şiddatli otişmalar bölib ötgandi.
Sönggi 10 oy mobaynida biz bir neça marta isroillik harbiylar amaliyoti çoğida Jeninga borganmiz, ammo hozirgi hodisalar kölami noodatiy körinmoqda.













