Neftning bir barreli 40 dollarga tuşsa, Rossiya Ukrainaga qarşi uruşni davom ettira olmaydi. Bu haqda Donald Tramp Nyu-York iqtisodiy klubida sözlagan nutqida aytib ötdi.
«Agar ğalaba qozonsak, bu qiladigan işlarimdan biri. Prezidentlikka saylanganimdan keyin bu uruşni lavozimga kirişgunimga qadar hal qilişimga işonaman. Men bu uruşni hal qila olaman va uni töxtata olaman, çunki bu juda, juda dahşatli uruş. Ukrainada juda köp odamlar ölmoqda - siz tasavvur qilganingizdan ham köp», dedi u.
Tramp uruşni qanday qilib töxtata olişi haqida oçiq gapirmadi. Ammo, Rossiyaga uruş harakatlarini moliyalaştirişga yordam beradigan yuqori energiya narxlariga barham berişni xohlayotganiga işora qildi.
«Putin neftning bir barreli 100 dollar bölsa uruşadi, agar 40 dollar bölsa, umuman uruşmaydi», dedi u.
Saylovda ğalaba qozongan taqdirda amalga oşiradigan energetika siyosatiga izoh berar ekan, Tramp energiya narxini keskin pasaytiriş niyatida ekanligini ma’lum qildi.
«Oyoğimiz ostida boşqa mamlakatlar, jumladan, Rossiya va Saudiya Arabistoniga qaraganda köproq «suyuq oltin» bor. Mening rejam — 12 oy içida energiya narxini ikki baravar pasaytiriş. Bu mamlakatimiz uçun misli körilmagan iqtisodiy tiklaniş böladi», dedi Tramp.
Respublikaçilar prezidentlikka nomzod Donald Tramp ilgari ham Ukrainadagi uruşni qisqa muddatlarda töxtata olişi haqida köp gapirgan, ammo tafsilotlarni oçiqlamagan.












