Iordaniya va Isroil tomonidan istilo qilingan Ğarbiy Sohil örtasidagi çegarada sodir bölgan otişmada uç kişi halok böldi. Bu haqda Isroil rasmiylari xabar berdi, deb yozdi BBC.
Bu mintaqadagi keskinlikni kuçaytirgan 7 oktyabr hodisalaridan beri Iordaniya çegarasida yuz bergan birinçi şunday mojarodir.
Isroil mudofaa kuçlari Allenbi köprigidagi otişmada uç nafar isroillik fuqaro halok bölganini ma’lum qildi. Hujumçi yuk maşinasida Iordaniya tomondan kelgan, söngra odamlarga qarata öt oçgan.
Haydovçi «yuk maşinasidan tuşib, köprikda işlayotgan Isroil xavfsizlik kuçlariga qarata öt oçdi», deyiladi harbiylar bayonotida.
Xavfsizlik kuçlari öq otgan şaxsni «yöq qildi», Isroil harbiylari esa yuk maşinasida portlovçi moddalar bor-yöqligini tekşirmoqda.
Iordaniya rasmiylari çegarani yopganini va holat yuzasidan suriştiruv boşlanganini e’lon qildi. Isroil hukumati ham Iordaniya bilan çegarani yopdi.
Uşbu köprik Amman va Quddus örtasida joylaşgan bölib, Ğarbiy Sohil va Iordaniya örtasidagi yagona rasmiy çegara ötiş joyidir. U orqali Isroil hududidan ötmasdan Ğarbiy Sohilga kiriş mumkin. Nazorat punktida Isroil xavfsizlik kuçlari bilan birga xususiy qöriqçilar işlaydi.
Isroil va Iordaniya 1994 yilda tinçlik şartnomasini imzolagan va xavfsizlik böyiça hamkorlik qiladi. Har kuni tovar yuklangan önlab yuk maşinalari bu joydan Ğarbiy Sohil va Isroil bozoriga yuk olib ötadi.












