Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon Bağdodga taşrifi davomida xuddi «Şengen» kabi islom davlatlari çegaralarida nazoratni bekor qiliş taklifini ilgari surdi, deb xabar beradi Tasnim agentligi.
Uning fikriça, bunday harakat «xorijiy sanksiyalar ta’sirini kamaytiriş» imkonini beradi.
Eron va Iroq örtasidagi hamkorlik töğrisida gapirar ekan, Pizişkiyon siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini örganuvçi maxsus komissiyalar tuzişga çaqirdi.
U, şuningdek, Eron hamda Iroq örtasidagi moliyaviy va iqtisodiy hamkorlik kelişuvlari mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka hissa qöşişiga umid bildirdi.
Iroq prezidenti Abdullatif Jamol Raşid ikki davlat örtasidagi şeriklikni mustahkamlaş zarurligiga rozi böldi. Şuningdek, u ikki davlat örtasidagi savdo operatsiyalarida AQŞ dollaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni töxtatişga çaqirdi.












