23-sentabr kuni Eron prezidenti Masʼud Pizişkiyon AQŞda – BMT Boş Assambleyasi oliy darajadagi muzokaralarida nutq sözladi.
«AQŞ prezidenti bizni terrorçilar deb atadi. Aslida biz terrorizm qurboni bölganmiz», dedi Eron vakili BMTga yuzlanib. Şundan söng u 28-fevral kuni AQŞ va Isroil hujum boşlaganda – öz qarorgohiga qilingan zarba natijasida halok bölgan mamlakatning marhum oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiyning suratini körsatdi.

Pizişkiyon Minobdagi boşlanğiç maktab va Lamerddagi sport majmuasiga qilingan raketa zarbalarida halok bölgan 100 dan bolalarning ayrimlarining suratlarini ham taqdim etdi. AQŞ Lamerdga zarba berganini rad etadi va Minobda nima sodir bölganini haligaça örganayotganini aytib keladi.
«Bizning begunoh xalqimiz mamlakatimizga nisbatan uyuştirilgan qörqoqlarça hujumlar va tajovuzlarning nişoniga aylandi. Va biz özimizni bor kuçimiz bilan himoya qildik», – dedi Pizişkiyon.
Seşanba kuni Boş Assambleyadagi nutqida Tramp uning oldida «katta qaror» turganini taʼkidladi – yo eronliklarga öz mamlakatini qayta qurişga imkon beradigan kelişuv böyiça muzokara olib boriş, yoki «Islom Respublikasini yöq qiliş va buni tez amalga oşiriş». Pizişkiyon bu tahdid «zöravonlik mentalitetining belgisi» ekanini aytdi.
«[Tramp] bilişi kerakki, sanksiyalar, ortib borayotgan bosim va zöravonliklar qarşisida Eron xalqining qarşiligi faqat kuçayib boradi. Biz heç qaçon boş egmaymiz yoki tiz çökmaymiz», – dedi u.
U şunday qöşimça qildi: «Biz kuç işlatiş tilini qabul qilmagan holda, muloqot, diplomatiya va muzokaralarga tayyormiz»














