Livanda dastlab peyjyerlar, keyingi kuni — ratsiyalar yoppasiga portlaşi oqibatida kamida 30 kişi halok böldi, yana uç mingdan ortiq kişi turli oğirlikda tan jarohatlari olgan. Jabrlanganlar orasida aloqa uçun peyjyerlardan foydalanuvçi «Hizbulloh» harakati a’zolari ham köp. Isroil bu amaliyot uçun rasman javobgarlikni öz zimmasiga olmagan, ammo Isroil razvedkasi vakillari bu hujum ortida özlari turganini tan olişgan. Isroil mudofaa vazirligi va razvedkasining sobiq hamda hozirda işlayotgan 12 nafar xodimi The New York Times bilan muloqotda amaliyotga qanday tayyorgarlik körilgani haqida aytib berişgan. Gazeta suhbatdoşlari uni «murakkab va uzoq davom etgan» amaliyot deb ta’riflagan, naşrning özi esa bunga «zamonaviy Troya oti» deya nom bergan.

Bayrutdagi Amerika universiteti tibbiyot markazi turargohida aloqa qurilmasi portlaşidan hosil bölgan öra, 2024 yil 18 sentabr
Wael Hamzeh / EPA / Scanpix / LETA

«Hizbulloh» a’zolari bir neça yil oldin aloqa vositasi sifatida mobil telefonlar örniga peyjyerlardan foydalanişni boşlagandi — The New York Times naşri yozişiça, buni harakat yetakçisi Hasan Nasrulloh talab qilgan. U «Hizbulloh» yiğilişlarida telefondan foydalanişni taqiqlagan va reja tafsilotlari heç qaçon mobil telefonlar orqali uzatilmasligi uçun harakat a’zolariga doim yonida öz peyjyerlari bilan yurişni buyurgan. 2024 yil fevralida Nasrulloh alohida bayonot berib, yana bir bor telefonlardan qutulişga — ularni «kömib taşlaş» yoki «temir qutiga solib qöyiş»ga çaqirgan. Isroil esa, NYT yozganidek, bunda «bir imkoniyat körgan».

NYT manbalariga köra, «Hizbulloh» amalda töliq peyjyerlardan foydalanişga ötişidan oldinroq, Isroil razvedkasi Vengriyada özini peyjyerlar işlab çiqaruvçi sifatida körsatuvçi BAC Consulting kompaniyasini, şuningdek, uning faoliyatini yaşiriş maqsadida yana ikkita soxta firma oçgan. BAC Consulting kompaniyasining oddiy mijozlari ham bölgan, ular uçun oddiy peyjyerlar işlab çiqarilgan. Ammo «ahamiyatga ega bölgan» yagona mijoz «Hizbulloh» edi.

Isroil razvedkasining uç vakilining sözlariga köra, «Hizbulloh» uçun peyjyerlar alohida tayyorlangan va tarkibiga PETN portlovçi moddasi (PeNTA, pentaeritrittetranitrat) qöşilgan batareyalarga ega bölgan. BAC Consulting kompaniyasi 2022 yilda Livanga bu peyjyerlarni kiçik miqdorda yetkazib berişni boşlagan, ammo Nasrullohning mobil telefonlar xavfi töğrisidagi bayonotlaridan keyin yetkazib beriş hajmi oşgan.

17 sentabr kuni soat 15:30 da peyjyerlarga xabar kelgan. Ular arab tilida va xuddi «Hizbulloh» oliy rahbariyati tomonidan yöllangandek körinişda bölgan. Köp ötmay butun Livan böylab qurilmalar portlaşni boşlagan. Kamida 12 kişi halok bölgan, yana 2700 dan ortiq kişi yaralangan. NYT naşri yozişiça, halok bölganlarning ayrimlari «Hizbulloh» a’zolari bölgan, ayrimlari esa — yöq. Qurbonlar orasida bolalar ham bor (ayrim ma’lumotlarga köra, ikki, boşqalariga köra — tört nafar). NYT törtinçi sinfda öqigan, töqqiz yoşli Fotima Abdulla haqida xabar bergan. U maktabdan uyiga qaytganida peyjyerdagi signalni eşitgan va uni otasiga olib boriş uçun qöliga olgan. Şu pallada peyjyer portlab ketgan. Fotima halok bölgan.

Livanning Tehrondagi elçixonasi oldidagi yodgorlik, 2024 yil 18 sentabr
Sobhan Farajvan / Pacific Press / ZUMA Press Wire

Portlab ketgan peyjyerlarning fotosuratlariga köra, ular Tayvanning Gold Apollo kompaniyasidan xarid qilingani aytildi. Keyingi kuni mazkur kompaniya bayonot berib, foto va videolarda aks etgan AR-924 peyjyerlari Budapeştda joylaşgan va qurilmani işlab çiqariş uçun Gold Apollödan litsenziya olgan BAC Consulting kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilganini ma’lum qildi.

Financial Times Vengriya reyestriga asoslanib, BAC Consulting kompaniyasiga 2022 yil mayida Kristiana Rosariya Barsoni-Arçidiakono tomonidan asos solingani haqida yozdi. Ayni vaqtda 49 yoşda bölgan bu ayolning LinkedIn’dagi profilida Elementar zarraçalar fizikasi sohasida doktorlik darajasiga egaligi, şuningdek, Londondagi Şarqşunoslik va afrikaşunoslik maktabi (SOAS) va Londondagi Iqtisodiyot maktabida işlaşi körsatilgan. NBC naşri bilan suhbatda Barsoni-Arçidiakono uning kompaniyasi Gold Apollo bilan hamkorlik qilişini tasdiqlagan, ammo peyjyerlar haqidagi savolga javoban kompaniya ularni işlab çiqariş bilan şuğullanmasligini bildirgan. «Men şunçaki vositaçiman. Menimça, siz adaşdingiz», — degan u.

Livandagi portlaşlar seriyasi şu bilan töxtamadi — keyingi kuni, 18 sentabrda, Bayrutda bir kun oldingi voqealar qurbonlari dafn etilayotganida yana portlaşlar röy berdi. Bu safar portlaşlarga ratsiyalar sabab böldi — fotosuratlarga köra, Yaponiyadagi elektronika buyumlari işlab çiqaruvçi Icom kompaniyasi mahsulotlari bölgan IC-V82 modelidagi ratsiyalar portlagan. Kompaniya şu kuniyoq bayonot berdi. Unda aytilişiça, 2004 yildan buyon Yaqin Şarqqa yetkazib berilgan bunday ratsiyalarning 2014 yildayoq işlab çiqarilişi töxtatilgandi. Qolaversa, 2020 yildan kompaniya bozorda bölgan barça IC-V82 ratsiyalari soxta ekanidan ogohlantirgan. Sönggi ma’lumotlarga köra, ratsiyalar portlaşi oqibatida yana 20 kişi halok bölib, 450 kişi yaralangan.

NYT maqolasida takroriy portlaşlar vaqtida uning muxbirini köçada bir ayol töxtatgani va öz farzandlariga qönğiroq qilib olişiga yordam berişini söragani haqida yozadi. Jurnalist unga mobil telefonini berganida, u qaltirayotgan barmoqlari bilan raqam teradi va göşakka qarata şunday baqiradi: «Telefonlarni darhol öçiringlar!»