Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) ma’lumotlariga köra, Livanda davom etayotgan «Hizbulloh» harakatining harbiy obektlariga qarşi Isroil havo hujumlari fonida yuzlab odamlar Livanni Suriya tomon tark etmoqda. Bu haqda dpa agentligi 24 sentabr, seşanba kuni xabar berdi.

Çegara xizmati rasmiysining agentlikka aytişiça, odamlar Suriya çegarasiga Bekaa vodiysi va Livan şarqidagi boşqa hududlardan kelişmoqda. Gap asosan Suriyada suriyalik turmuş örtoği yoki boşqa qarindoşlari bölgan livanliklar haqida ketmoqda, deya dpa özining "Masnaa" çegara punktidagi suhbatdoşidan iqtibos keltirgan. Agentlik ma’lumotlariga köra, hozir Livanda 1,5 million suriyalik qoçqin va boşqa suriyaliklar istiqomat qiladi.

Bayrut va qirğoq böyidagi Sidon şahrida janglar natijasida uylarini tark etişga majbur bölgan livanlik oilalar maktablarga joylaştirildi, deb xabar beradi AP. Ayni paytda mehmonxonalar narxlarni şunçalik kötardiki, köp oilalar u yerda xona topa olmay, maşinalarida uxlaşga majbur bölyapti.

National News Agency Livan davlat axborot agentligiga köra, Bayrutdan 65 km şimoli-şarqda joylaşgan Baalbek şahrida novvoyxonalar va gaz ballonlarini töldiriş stansiyalari oldida navbatlar hosil bölgan.

AP xabariga köra, minglab livanliklar Yaqin Şarqdagi mojarolar avj olgani sababli mamlakat janubiy tumanlarini tark etmoqda.

Isroil va "Hizbulloh" örtasidagi mojaroda harbiy harakatlar rivoji

24 sentabr kuni tuşdan keyin Isroil Bayrutga navbatdagi havo hujumini amalga oşirdi. AP ma’lumotlariga köra, deyarli 560 kişi halok bölgan. Uşbu qurbonlarning qançasi jangçi ekanligi aniqlanmagan.

The Times of Israel internet-naşrining harbiy doiralardagi manbalariga tayanib yozişiça, TsAHALning Bayrutga bergan zarbasi nişoni "Hizbulloh" raketa bölinmasi qömondoni bölgan. Uning taqdiri hozirça noma’lum.

Avvalroq Isroil harbiylari Livan hududidan Isroilning şimoliy hududlari tomon 55 tadan ortiq raketa uçirilgani haqida xabar bergan edi. Bunga javoban Livan hududiga önlab zarbalar bergan Isroilning nişonlaridan biri, şu jumladan, uşbu hujumni amalga oşirgan yaçeyka bölgan, deya ta’kidlaydi TsAHAL.

AP xabariga köra, Isroil tanklari va artilleriyasi Livan çegarasi yaqinidagi nişonlarni ham öqqa tutdi. Xabarda aytilişiça, Livan janubidagi Isroil tomonidan havo hujumlariga uçragan hudud jami 1700 kvadrat kilometrni taşkil etgan.

«Biz "Hizbulloh" sönggi 20 yil içida jangovar harakatlar uçun qurgan infratuzilmaga hujum qilmoqdamiz», dedi Isroil boş ştab boşliği Gersi Halevi. Öz navbatida, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Livan böylab guruh nişonlariga qarşi operatsiya kengaytirilganini ma’lum qildi. Isroil hukumati mamlakat böylab favqulodda holat joriy etdi, u kamida 30 sentabrgaça davom etadi.

Öz navbatida, "Hizbulloh" jangçilari 24 sentabrga ötar keçasi va öşa kuni ertalab Isroildagi sakkizta nişonga, jumladan, Livan bilan çegaradan 60 km uzoqlikda joylaşgan Zixron-Yaakov şahridagi portlovçi moddalar zavodiga raketalar bilan hujum qilganini ma’lum qildi.