Çempionlar Ligasining amaldagi ğolibi dastlabki turda tajriba evaziga sönggi ön daqiqalikda «Ştutgart»dan ğalabani tortib olişga erişgandi. Uçraşuvdan keyin nemis klubi boş murabbiyi Sebastian Hyoness öz jamoasi öyini bilan faxrlanişi va madridliklar bilan tengma-teng kuraşganini iddao qilişi bejiz emasdi. Darhaqiqat, Germaniya vitse-çempionlari «Santiago Bernabeu»da yiğilgan 80 mingdan ortiq muxlislarni juda köp vaziyatlarda xavotirga solgandi, ammo yakunda 15 karra Çempionlar Ligasi ğoliblari tajriba evaziga ğalabani ilib ketgandi. Çorşanba oqşomida Fransiyada ötkazilgan bellaşuvda esa «Real»ning bu hunari iş bermadi. Mavsum avvalidan beri pişib yetilib kelayotgan mağlubiyat axiri sodir böldi — «Lill» şu yil yanvaridan beri mağlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Yevropa qirollarini yenga oldi va tan olib aytiş kerakki, buni haqli ravişda bajardi.

Fransuzlarga qarşi bellaşuvda «Real» hujumida juda köplab uzilişlar kuzatildi. Odatda, eng kam xato qiluvçi Dani Karvahal ham, maydon markazida raqiblarga tinçlik bermaydigan Bellinghem ham şu oqşomda özlariga umuman öxşamadi. Jarohati sabab uşbu bahsni ötkazib yuborişi kutilgan, biroq taxmin qilinganidan ertaroq qaydnomaga kiritilgan Mbappening ikkinçi bölimda maydonga tuşib amalga oşirgan harakatlarini esa ortiqça tanqid ostiga olişdan özimizni tiyamiz. Jamoa budjetini ğalaba orqali kelişi mumkin bölgan qariyb 2,1 million yevrodan mosuvo qilgan uşbu mağlubiyat butun kampaniyani hal qilib yuboruvçi muvaffaqiyatsizlik bölmasa-da, buyoğiga madridliklarni kutayotgan qiyin uçraşuvlar oldidan Ançelotti şogirdlariga qöşimça bosimga aylanib ketişi mumkin. Çempionlar Ligasining kelgusi 3 turida «Real»ga «Borussiya» Dortmund, «Liverpul» va «Milan» raqiblik qiladi. Aksiga olgandek, ketma-ket kutib turgan mana şunday bahslarga «Qirollik klubi» «Barsa»dan La Ligada 3 oçko ortda borayotgan holida tayyorlanişiga töğri keladi.

«Lill»ga qarşi bellaşuvda «Real» baribir öz vaziyatlariga ega böldi. Buni xG — gollar kutilmasidan ham bilib olsa böladi. Ayniqsa, sönggi daqiqalardagi şturm vaqtida Antonio Ryudiger tomonidan berilgan ikki zarba va Arda Gulerning vaziyatlari ispanlarga umid baxş etgani aniq. Biroq şu kuni fransuzlar posboni Lukas Şevale juda yaxşi harakat qildi.

Uçraşuvning «Real» muxlislari uçun e’tiborli bölgan yana bir jihati Endrikning Çempionlar Ligasida birinçi marta boşlanğiç tarkibdan örin olişi böldi. 18 yoşli hujumçi Mbappening transferi ortidan jamoada 2-raqamli hujumçi vazifasini ötayapti va mana şu kabi öyinlar uning uçun fransiyalik raqobatçisining örnini yaxşi töldira olişi mumkinligini körsatiş uçun imkoniyatdir. Braziliyalik yigitçaning boşlanğiç tarkibdagi öyini jamoasi uçun omadsiz keçdi. Ammo u baribir «Real» tarixida Çempionlar Ligasini asosiy tarkibda boşlagan eng yoş futbolçiga aylandi.

19-daqiqada aynan Endrik tezlik bilan jarima maydoniga kirib borib, zarba yöllaşga erişdi, ammo töp töğri Şevale turgan pozitsiyaga bordi. 57-daqiqada almaştirilguniça u yana bir marta raqib darvozasi tomon zarba bera oldi, xolos. Albatta, bu uçraşuv yoş hujumçi uçun fojia emas, u «Ştutgart» va «Real Valyadolid»ga qarşi bellaşuvlarda zaxiradan öyinga qöşilib, gol urişga muvaffaq bölgan va nima sababdan klub uni 2022 yil dekabridayoq xarid qilib qöyganini körsatib bergandi.

Uşbu bellaşuvdagi yana bir e’tiborli jihat — UYeFA Superkubogi finali oldidan ötkazilgan rasmiy maşğulotda jarohat olib, 1,5 oy maydonga tuşa olmagan Eduardo Kamavinga tarkibga qaytişi böldi. «Real»ning mavsum avvalidagi duranglari maydon markazida Kamavinganing yöqligi bilan ham boğlangandi, biroq u qaytişi bilan klubi yil boşidan beri davom etib kelayotgan mağlubiyatsiz seriyasini boy berdi. Ustiga-ustak, yagona golga sabab bölgan penalti ham Kamavinganing jarima maydonçasi içida töpni qöli bilan öynagani uçun belgilandi. Albatta, penalti borasida bahs bor va u hamon davom etmoqda, lekin nima bölgan taqdirda ham, endigina safga qaytgan Eduardoning bu taxlit start olişi uning uçun kutilmagan zarba bölgani aniq.

Öyindan keyingi matbuot anjumanida mağlubiyat sabablari haqida gapirar ekan, Ançelotti quyidagilarni aytib ötdi: «Biz boğlamlar hosil qilişda oqsadik, agressiv öynaşga urindik va bu bizga qimmatga tuşdi. Xotirjamlikni qöldan boy bermasligimiz va şu bilan birga rivojlanişimiz ham kerak. Harakatlaniş tarzimizni östirişimiz lozim. Bu borada har gal gapirişimdan foyda yöq. Bu öyinda biz oldinga emas, orqaga qadam taşlagandek körindik. Sönggi marotaba derbida mağlub bölganimizda bu biz uçun fantastik darajadagi ogohlik qönğiroği bölgandi. Bu gal ham şunday bölişiga umid qilaman».

Italiyalik mutaxassisning umidlari özini oqlaydimi yoki yöq, barçasini liganing madridliklar bilan birga eng köp gol urgan 2-jamoasi (17 ta) bölib turgan «Vilyarreal»ga qarşi şanba oqşomida keçadigan bahsda köramiz.

The Athletic ma’lumotlari asosida Abdulbasit Valixonov tayyorladi