Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida ötgan sammitda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan, şuningdek, MDH boş kotibi Sergey Lebedev qatnaşdi.

Kun tartibiga muvofiq, köp qirrali munosabatlarning holati va rivojlaniş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi, MDH doirasidagi amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Mirziyoyev öz nutqida Rossiyaning Hamdöstlikda raisligi davrida köptomonlama hamkorlik barça yönalişlarda rivojlanganini yuqori baholadi.

MDH mamlakatlarining xavfsizligi va barqaror rivojlanişini ta’minlaş bilan boğliq vaziyatga alohida e’tibor qaratildi.

MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari va vakolatli idoralarining tizimli hamkorligini yölga qöyiş, bugungi tahdidlarga qarşi kuraşiş usullarini takomillaştiriş, kiberxavfsizlikni ta’minlaş sohasida kelişilgan çoralar hamda dasturiy hujjatlarni qabul qiliş muhimligi ta’kidlandi.

Hamkorlikning iqtisodiy yönalişida birgalikdagi faoliyatni kuçaytiriş ustuvor vazifa ekani qayd etildi. Özbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi yil boşidan buyon 16 foizga oşgani qayd etildi. MDH tarmoq kengaşlari va qömitalari faoliyatini faollaştiriş zarurligi körsatib ötildi.

Kelgusi yil bahorida Toşkent şahrida «Innoprom» xalqaro sanoat körgazmasi doirasida MDH Iqtisodiy kengaşi yiğilişi va Innovatsion rivojlaniş forumini ötkaziş taklif etildi.

Yaqinda bölib ötgan MDH mamlakatlari yetakçi tahliliy markazlarining Toşkent konferensiyasi natijalarini hisobga olgan holda, uzoq muddatli şeriklikning yangi ustuvor yönalişlarini qöllab-quvvatlaş muhimligi ta’kidlandi.

Xususan, internet texnologiyalari va «katta ma’lumotlar» industriyasini rivojlantiriş, raqamli yeçimlarni jadal joriy etiş, kreativ iqtisodiyot, yaşil energetika va yadro texnologiyalari, iqlim muammolari va boşqalar şular jumlasidan.

Şu munosabat bilan MDH mamlakatlari ekspertlari va tahlilçilarining uçraşuvlarini muntazam ötkaziş hamda navbatdagi konferensiyani Samarqand şahrida sun’iy intellektni rivojlantiriş masalalariga bağişlab ötkaziş taklif etildi.

Gumanitar almaşinuvlarni kengaytiriş maqsadida Hamdöstlik davlatlari madaniyati kunlarini ötkaziş taklif qilindi. Şu bilan birga, soğliqni saqlaş, ta’lim, san’at, kino, turizm va sport sohalarida qöşma tadbirlar dasturini har yili tayyorlaş zarurligi ta’kidlandi.

Samarqand va Toşkent tegişliça Hamdöstlikning madaniy poytaxti va yoşlar poytaxti deb e’lon qilinişi doirasidagi loyihalar amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bundan taşqari, Özbekistonda şaxmat va futbol böyiça yoşlar jamoalari örtasida MDH oçiq kubogi musobaqalari ötkazilişi ta’kidlandi.

Yakunda Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni 2025 yilda taşkilotga raislikni qabul qilgani bilan tabrikladi.

Sammit yakunida MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça bir qator bitim va qarorlar qabul qilindi.