Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada ichki chegara nazorati joriy etildi
22 oktyabrga qadar amalda bo‘ladigan nazorat davomida politsiya asosiy e’tiborini ogohlikka va o‘sib borayotgan tahdid darajasiga bog‘liq ma’lumotlarni to‘plashga qaratadi.
Norvegiya hukumati turli tahdidlar kuchaygani sababli ichki chegara nazoratini joriy etishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat politsiya xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qirollik hukumati Yaqin Sharqda davom etayotgan eskalatsiya sabab yuzaga kelgan tahdid fonida terrorchilik xavfini «yuqori» darajaga ko‘targan.
«Norvegiya politsiya boshqarmasi vaqtinchalik ichki chegara nazoratini o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bunga murakkab tahdid kartinasi va terrorchilik xavfi darajasi ko‘tarilgani sabab bo‘ldi», — deyiladi idora xabarida.
Ta’kidlanishicha, vaqtinchalik chegara nazorati kamida 22 oktyabrga qadar amalda bo‘ladi.
Nazorat davomida politsiya asosiy e’tiborini ogohlikka va o‘sib borayotgan tahdid darajasiga bog‘liq ma’lumotlarni to‘plashga qaratadi. Favqulodda vaziyatlarda shaylikni ta’minlash direktori Tune Vangenning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar yo‘lovchilarning ham ma’lumotlarini to‘plash imkoniyatini taqdim etadi.
Bundan oldin Norvegiya barcha ukrainaliklarga avtomatik ravishda boshpana berishni to‘xtatishini e’lon qilgandi. Endi Ukrainaning g‘arbiy oblastlaridan kelgan qochqinlarning arizalari alohida ko‘rib chiqiladi. Mamlakat allaqachon 85 mingga yaqin ukrainalikni qabul qilgan.
Sentyabr oxirlarida Norvegiya hukumati Rossiya bilan chegaraga panjara qurish haqida o‘ylayotgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Mamlakat hukumati «qisqa muddat ichida» chegarani yopishga tayyor — bu noqonuniy migratsiyaning oldini olishga xizmat qilishi aytilgan.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026
Norvegiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:40 / 23.03.2026