Falastinning Hamas harakati jangçilari 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumdan ança oldin Isroilda keng kölamli qator hujumlar va teraktlar uyuştirişni rejalaştirgan, deb yozadi The Washington Post (WP) 12 oktyabr, şanba kuni harakatning Ğazo sektoridagi qömondonlik markazlarida isroillik harbiylar tomonidan aniqlangan Hamas rahbariyatining 10 ta maxfiy uçraşuvi bayonnomalariga tayanib.
Önlab sahifalarda Hamasning rejasi batafsil bayon etilgan — u 7 oktyabrdagi hujumdan ança katta. U 2001 yil 11 sentabrda AQŞdagi kabi Tel-Avivda osmonöpar binoga hujum, şuningdek, temiryöllardagi portlaşlarni öz içiga oladi. WP qayd etişiça, jurnalistlar qölga kiritgan 59 sahifalik xat va hujjatlar, Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) ma’lumotlariga köra, Ğazo sektoriga quruqlikdan bostirib kiriş boşlanganidan beri topilgan minglab hujjatlarning faqat kiçik bir qismidir.
«Hamas Isroil va yahudiy xalqini yöq qilişga şunçalik qat’iy qaror qildiki, u Eronni töğridan töğri mojaroga tortişga muvaffaq böldi — Eron tayyor bölmagan şartlar asosida», dedi Isroil xavfsizlik xizmati rasmiysi.
Netanyahu: Biz kuraşni davom ettiramiz
Falastinning Hamas harakati jangçilarining hujumi bir yilligi munosabati bilan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Isroil Ğazo sektoridagi harbiy operatsiyani davom ettirişga tayyorligini tasdiqladi. «Biz kuraşni davom ettiramiz va birgalikda ğalaba qozonamiz», dedi u 7 oktyabr kuni e’lon qilingan videomurojaatida.
Netanyahuning ta’kidlaşiça, 7 oktyabr «kelajak avlodlar uçun uyğonişimiz narxining ramzi bölib, ularga bizning qat’iyatimiz va ruhimiz kuçini isbotlaydi». U Ğazo sektoridagi uruş maqsadlarini sanab ötdi: Hamasni ağdariş, barça garovga olinganlarni ozod qiliş, kelajakda Ğazodan Isroilga har qanday tahdidning oldini oliş, mamlakat janubi va şimolidagi aholini öz uylariga qaytariş. «Mamlakatimizda duşman bizning mavjudligimiz va tinçligimizga tahdid solayotgan ekan, Ğazoda öğirlab ketilganlar bor ekan, biz kuraşni davom ettiramiz», — dedi boş vazir.













