Xitoylik olimlar “yordamçi vositalar”dan kimyoviy moddalar yaratişga imkon beruvçi noodatiy usulni işlab çiqdi. Buning uçun faqat suv va havo kerak. Xitoy Fan va texnologiya universiteti tadqiqotçilarining yutuqlari haqida South China Morning Post xabar berdi.
Mutaxassislar oddiy komponentlar yordamida aminokislotalar yaratişga muvaffaq böldi. Organizmlar bunday molekulalardan oqsil işlab çiqariş uçun foydalanadi. Glitsin sintezi uçun olimlar yangi yondaşuvni qölladi. Odatda, glitsin işlab çiqariş uçun neftni qayta işlaş mahsulotlari, şu jumladan, aldegidlar va sianidlardan foydalaniladi. Ammo bunday yondaşuvning kamçiliklari köp. Birinçidan, ularni işlab çiqariş uçun katta miqdorda energiya talab qilinadi. Ikkinçidan, ular tufayli atrof-muhitni ifloslantiradigan köplab zararli çiqindilar paydo böladi.
Yangi usul yordamida olimlar karbonat angidrid, suv va kisloroddan aminokislotalar işlab çiqariş uçun uglerod, azot, vodorod va kislorod olmoqda. Dastlab tadqiqotçilar karbonat angidridni oksalat kislotaga aylantirdi. Keyingi bir neça bosqiçdan söng, boşlanğiç materiallardan elektroliz jarayoni bilan glitsin hosil qilindi.
Tajriba davomida olimlar bir keça-kunduzda taxminan 5,16 gramm yuqori darajada toza moddani sintez qilişga erişdi. “Odatda organik sintez reaksiyalari mahsulotlarni milligrammlarda beradi. Biz şunçalik köp glitsin tayyorladikki, uni kaftga siğdiriş mumkin”, — deb ta’kidladi yangi usul mualliflari.
Xitoylik tadqiqotçilarning aytişiça, ular Yerda hayot bulutlardagi kimyoviy reaksiyalar tufayli paydo bölgan degan nazariyadan ilhomlangan. Çaqmoqlar ta’sirida havo va suv aminokislotalarni sintez qiliş imkoniyatiga ega bölgan. Masalan, asrning örtalarida amerikalik olimlar Yerning ibtidoiy atmosferasini suv, metan, ammiak va vodorod yordamida modellaştirgan edi. Elektr zaryadlari ularga çaqmoqqa taqlid qiliş imkoniyatini bergan. Xitoylik mutaxassislar yangi yondaşuv kelajakda yanada murakkab aminokislotalarni yaratişga yordam beradi, deb umid qilmoqda.











