Tarixda öz ismini özgartirib bölsa-da, ilm, adolat va tenglik sari intilib, iz qoldirgan ayollar bor. Ular öz davrida “erkaklar uçun” deb hisoblangan sohalarda yetuk mutaxassis, yozuvçi, muhandis sifatida tan olingan. Ammo ularning haqiqiy kimligi, önlab yillar ötgaçgina, oşkor bölgan.

Erkak sifatida yaşagan şifokor: Margaret Enn Bakli

Djyeyms Barri nomi bilan tanilgan Margaret Enn Bakli — XIX asrda yaşagan va özini erkak sifatida tanitgan birinçi ayol şifokorlardan biri hisoblanadi. U taxminan 1795 yilda Irlandiyada tuğilgan. Barri London universitetida tibbiyotni örganib, 1813 yilda Britaniya armiyasiga tibbiyot xodimi sifatida qöşilgan.

U öz faoliyati davomida Janubiy Afrika, Hindiston va Karib dengizi hududlarida xizmat qilgan. U yerlarda sanitariya va toza içimlik suv ta’minotini yaxşilaş borasida islohotlar olib borgan. 1826 yilda Keyptaunda Yevropa hududidan taşqaridagi ilk muvaffaqiyatli kesarevo operatsiyasini amalga oşirgan.

Barri öz hayoti davomida jinsini maxfiy saqlagan. 1865 yilda vafotidan söng uning aslida ayol ekani ma’lum bölgan. Uning tarixi tibbiyot, harbiy xizmat va gender tengsizligi mavzusida muhim buriliş yasagan.

Fransiya adabiyotidagi "Djorj" — aslida Amantin

Jorj Sand taxallusi ortidagi ayol — Amantin Lyusius Avrora Dyupen — XIX asr fransuz adabiyotida öz örniga ega bölgan maşhur yozuvçi. U Parijda tuğilib, ijtimoiy adolat, erkin muhabbat va ayollar huquqlari mavzusida qalam tebratgan.

Özini erkak deb tanitişi, erkaklar kiyimida yurişi va "Jorj Sand" taxallusidan foydalanişi — u davrdagi jamiyatda erkaklarga berilgan imkoniyatlardan foydalaniş uçun qilingan zarur qadam edi.

70 dan ortiq roman, pesa va maqolalar muallifi bölgan Jorj Sand “Indiana”, “Consuelo” va “La Mare au Diable” kabi asarlari orqali jamiyatdagi ayollar ahvoli va tengsizlik muammolarini kötargan.

"Apollo" dasturining miyasi — Margaret Hamilton

Margaret Hamilton — 1936 yilda tuğilgan amerikalik dasturçi va muhandis. U NASAning "Apollo" dasturida iştirok etib, Oyga parvozni ta’minlagan dasturiy ta’minotni yaratgan.

MITdagi tadqiqot guruhiga rahbarlik qilgan Hamilton va uning jamoasi tomonidan işlab çiqilgan tizimlar "Apollo 11" missiyasi davomida yuzaga kelgan texnik muammolarni muvaffaqiyatli hal qilgan.

U "Software Engineering" atamasini ilmiy muomalaga kiritganlardan biri sifatida tan olingan. 2016 yilda u AQŞ Prezidenti Barak Obama tomonidan Milliy fan medali bilan taqdirlangan.

Tarix dars beradi: ayollar imkoniyat berilganda, barça çegaralarni yöqqa çiqara oladi

Bu ayollar nafaqat öz nomini, balki jamiyatning ularga qöygan çeklovlarini ham özgartirdi. Ular öz ismiga erkaklik niqobini taqib, ilmiy va ijtimoiy maydonlarda öz örnini egalladi. Bugungi kunda ularning tarixini eslaş — bu ayollar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga çaqiruvdir.