Hasan Nasrulloh öldirilganidan keyin «Hizbulloh» guruhining yangi rahbariga aylangan Naim Qosim Nasrullohning birinçi marta çiqiş qildi. U taşkilot yöqotişlardan keyin öz kuçlarini qayta tiklab olganini va Isroilga qarşilik körsatişni davom ettirişini bildirdi.
Qosimning sözlariga köra, Nasrullohning öldirilişi «jiddiy zarba» bölgan, ammo «Hizbulloh» «sakkiz kun içida öz saflarini qayta taşkil etiş»ga erişgan.
Şuningdek, Qosimning ma’lum qilişiça, «Hizbulloh» öt oçişni töxtatişni söramaydi va Isroil bilan uruşni faqat öz şartlari asosida töxtatadi. Uning sözlariga köra, har qanday qaror faqat bilvosita muzokaralar yöli bilan qabul qilinadi.
«Mening iş rejam bu — Nasrullohning rejasi. Biz u va «Hizbulloh» rahbariyati tomonidan işlab çiqilgan harbiy rejani amalga oşirişni davom ettiramiz», — deydi Naim Qosim. Bundan taşqari, guruh yetakçisi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning uyiga dron yordamida uyuştirilgan hujumni eslatib, «bu safar u tirik qolgani»ni, ammo «qaçon ölişi noma’lumligi»ni bildirdi.
Isroil Qosimning sözlariga hozirça munosabat bildirmadi, biroq kuni keça mamlakat mudofaa vaziri Yoav Galant «Vaqtinça tayinlov. Uzoqqa bormaydi» izohi ostida Qosimning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylaştirgan edi.
Guruhga 1992 yildan buyon rahbarlik qilgan Hasan Nasrulloh 27 sentabr kuni Isroil harbiylari «Hizbulloh»ning Bayrutdagi yerosti bazasiga yöllagan zarbasi oqibatida halok bölgandi. Uning ölimidan keyin, oktyabr oyi örtalarida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu isroillik harbiylar Nasrullohni, uning vorisini, vorisining vorisini ham öldirganini aytgandi. Isroil mudofaa armiyasi keyinroq Hasan Nasrullohning faqat bir vorisi — amakivaççasi Hoşim Safiuddin öldirilganini xabar qildi. Vorisning vorisi haqida ma’lumot berilmagan.












