Isroil BMTni falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş bilan şuğullanuvçi Yaqin Şarq agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlaş böyiça ilgari qabul qilingan qarorning amalga oşirilişi haqida rasman ma’lum qildi. Tegişli bildirişnoma 4 noyabr, duşanba kuni Isroilning BMTdagi doimiy vakili Denni Danon tomonidan X platformasida çop etilgan postda keltirilgan. Postga Isroil Taşqi işlar vazirligining maktubi ilova qilingan.

Xabarda aytilişiça, UNRWA'ni taqiqlovçi qonun loyihasi uç oydan söng kuçga kiradi va şu vaqtgaça Isroil «Ğazo sektoridagi tinç aholiga Isroil xavfsizligi uçun tahdid keltirmaydigan tarzda gumanitar yordam körsatiş uçun xalqaro hamkorlar, jumladan, BMT taşkilotlari bilan hamkorlikni davom ettiradi».

Isroil Ğarbiy sohildagi UNRWA markazini butunlay vayron qildi

Isroil armiyasi işğol ostidagi Ğarbiy sohilda BMTning Falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş agentligi (UNRWA) markazini butunlay vayron qildi.

Nur Şams qoçqinlar lageri jamoat qömitasi raisi Nihod Çavuşning «Anadolu» naşriga aytişiça, Isroil armiyasi lagerga hujum qilişda davom etmoqda.

«Isroil harbiy buldozerlari Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş agentligi (UNRWA) lager markazini buzib taşladi. 200 kvadrat metr maydonda barpo etilgan markaz mintaqa aholisining ehtiyojlari közga taşlanadigan maskanga aylangandi», – dedi u.

Çavuşning sözlariga köra, Isroil avvalroq UNRWA markaziga hujum qilişga uringan. «UNRWA markazi Isroilning oldingi hujumlarida qisman vayron qilingan edi, bugun esa Isroil armiyasi binoni butunlay vayron etdi», dedi u.

Çavuşning eslatişiça, markaz Nur Şams qoçqinlar lagerini boşqariş va tibbiy xizmatlar bilan şuğullanuvçi bölimlarni öz içiga oladi. Markaz yaroqsiz holga keldi, dedi u.

Falastinning WAFA axborot agentligi ma’lumotlariga köra, Nur Şams qoçqinlar lagerida 1536 nafar bola ta’lim olayotgan ikkita UNRWA maktabi va turli sohalarda xizmat körsatuvçi soğliqni saqlaş markazi ham joylaşgan.

Avvalroq Knesset (Isroil parlamenti) mamlakatda UNRWA faoliyatini taqiqlaşga qaror qilgan edi.