Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning Donald Trampni AQŞ prezidentlik saylovidagi ğalabasi bilan tabriklaş rejasidan «xabardor emasligini» aytdi.

«Keling, gap bizga qarşi uruşda bevosita va bilvosita iştirok etayotgan döstona bölmagan davlat haqida ekanini unutmaylik», dedi Peskov brifingda.

Jurnalistlarning Putin uni tabriklamasa, Tramp xafa böladimi va bu Rossiya va AQŞ munosabatlarini yomonlaştiradimi, degan savoliga javoban Peskov quyidagilarni aytdi:

«Bundan ham yomonlaştiriş deyarli ilojsiz, çunki munosabatlar tarixiy jihatdan eng past nuqtada. Va keyin bu AQŞ yangi rahbariyatiga boğliq böladi. Prezident Putin adolat, tenglik va bir-birining manfaatlarini inobatga olişga asoslangan konstruktiv muloqotga oçiq ekanini bir neça bor takrorlagan. Prezident Putin bu fikrida sobit qolmoqda, buni bir neça bor tasdiqlagan. Ayni damda AQŞ ma’muriyati mutlaqo qarama-qarşi fikrga ega. Keyin nima bölişini köramiz», dedi u.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Trampning agar saylangan taqdirda Ukrainadagi uruşni imkon qadar tezroq töxtatişi haqidagi qayta-qayta va’dalari haqida gapirar ekan, Qöşma Ştatlar «mojaroni tugatişga yordam berişga qodirligini», ammo buni «bir keçada amalga oşiriş imkonsiz» ekanini ta’kidladi.

«Çunki aynan AQŞ uşbu mojaroni qözğatib, doimiy ravişda «kerosin sepib» kelmoqda, unda bevosita iştirok etmoqda. Ammo AQŞ öz taşqi siyosati yönalişini özgartirişga qodir», dedi Peskov.

Şu bilan birga, u AQŞ yangi ma’muriyatining asl niyatlari saylangan prezident inauguratsiyasidan keyin baholanişi mumkinligini qöşimça qildi. «Ba’zan ğalabadan söng, oval kabinetga kirişga tayyorgarlik körayotganda yoki oval kabinetga kirganda bayonotlar boşqaça tus oladi», dedi Kreml vakili.

5 noyabr kuni bölib ötgan AQŞ prezidenti saylovining rasmiy natijalari hali e’lon qilinmadi. Biroq Respublikaçilar partiyasi vakili Donald Tramp allaqaçon öz ğalabasini e’lon qildi. Unga köra, 315 nafar saylovçi özini qöllab-quvvatlagan. Ğalaba qozoniş uçun nomzod 270 nafar saylovçi ovozini olişi kerak.

Köplab davlat rahbarlari, jumladan, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham Donald Trampni prezidentlik saylovidagi ğalabasi bilan tabrikladi.