Xitoyning Guangjou şahridagi "Bayyun" xalqaro aeroporti qöniş maydonida ekipaj a’zolari va yölovçilari hudud aviatsiya sohasi mutasaddilari, aeroport ma’muriyati, Centrum Air aviakompaniyasi rahbariyati hamda OAV vakillari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.
Tadbir davomida Xitoy tomoni mamlakatlar örtasidagi tobora ösib borayotgan hamkorlikni ijobiy baholab, hududlar örtasida yangi töğridan töğri parvozlarning yölga qöyilişi madaniy va iqtisodiy almaşinuvlarni yanada rivojlantirişga xizmat qilişini ta’kidladi.
"Bayyun" xalqaro aeroporti direktorining örinbosari Pan Jian Özbekiston Markaziy Osiyodagi davlatlari orasida birinçilardan bölib Xitoy fuqarolariga vizasiz kiriş huquqini taqdim etgani va mazkur aviaqatnovning yölga qöyilgani mahalliy biznes doiralari vakillari va sayyohlarning Özbekistonga taşrifini yanada osonlaştirişda muhim omil bölişini urğuladi.
Uşbu reys bilan Centrum Air aviakompaniyasi kömagida Xitoyning 20 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari va tur agentliklari vakillarining mamlakatga taşrifi amalga oşirildi. Uning doirasida Özbekistonning turizm salohiyati, sohada yaratilgan şaroitlar bilan bevosita tanişiş va yangi mavsum uçun istiqbolli sayyohlik dasturlarini işlab çiqiş rejalaştirilgan.
Aviaqatnovlar dekabr oyidan haftasiga 2 marotaba, yakşanba va çorşanba kunlari Guangjou şahridagi "Bayyun" xalqaro aeroportidan amalga oşiriladi.












