Bugun yana Suriya haqida gaplaşamiz. Uşbu mamlakatdagi voqealar hali uzoq vaqt dunyo hamjamiyati diqqat markazida böladi. Kuni keça Suriyada ağdarilgan diktator Başar Asadning eng yaqin ittifoqçisi, unga Moskvada siyosiy boşpana bergan Vladimir Putin arab davlatidagi voqealar haqida gapirdi.

Bilasiz, tovariş Putin yil oxirida pryamaya liniya nomli savol-javob formatidagi uçraşuvda qatnaşib, rossiyaliklar savollariga javob berişni, ularga Ronald Reygan kabi latifalar aytib berişni yaxşi köradi. Uç yildan buyon eng yaqin qöşnisiga qarşi «Donbassni qutqariş operatsiyasida» qatnaşayotgani ham Putinga bu uçraşuvni ötkazişiga xalaqit berolmaydi.

Biz Vladimir Vladimiroviçning bu galgi çiqişini ham avvalgilari kabi diqqat bilan kuzatdik. Butun dunyo taqdiri şu inson qölida desak, juda börttirgan bölamiz, lekin hozir mana şu odamning miyasida yomonroq xayol paydo bölib, heç kim istamaydigan maş’um qarorni qabul qilsa, sayyoramizning taqdiriga havas qilib bölmaydi. Şu uçun biz Putinning boşida qanday fikrlar aylanayotganini bilişga imkon beradigan har qanday çiqişlarini ötkazib yubormaymiz.

Suriya haqida

Moskvadagi jonli efirda qatnaşgan amerikalik jurnalist Putindan Suriyadagi voqealarni izohlaşni söradi va baloga qoldi. Putin avvaliga anglosakslarga bölgan nafratini mana şu «şöring qurğur amriqolikka» soçib oldi va keyin savolga javob berdi. Butun başariyat köz öngida şarmandasi çiqqan Başar Asadni 10 yil davomida qöllab kelgan Putinning aytişiça, Ğarb Suriyadagi voqealar fonida Rossiyani mağlubdek körsatişga urinmoqda, lekin bunday emas ekan.

«Biz Suriyada terroristik davlat tuzilişini istamagandik va bu maqsadimizga erişdik. Hozir u yerdagi guruhlar özgargan. Agar ular terrorçi bölsa, siz nega ular bilan muzokara ötkazib yuribsiz? Bizni Suriyada mağlub bölgandek körsatiş şart emas. U yerda qöşnimiz yöq edi, faqat ikkita harbiy bazamiz bölgan. Ayni damda Suriyadagi guruhlar bazalarimiz u yerda qolişini istayotgani haqida signallar berişyapti», dedi Putin.

Rossiya prezidenti savolga javob berarkan Suriyadagi hukumatni Asad rejimi deb atadi. Bu kutilmagan gap deyiş mumkin, çunki Putin Asadning eng yaqin ittifoqçisi. Boşqa tomondan Putin Asadni har qanaqa nom bilan atay oladi. Asad Suriyadagi uçraşuvlardan birida Putinning soqçilari tomonidan tintib körilgani u Rossiya prezidenti uçun qançalik mayda odam ekanidan dalolat.

Putin ham Suriya hukumat kuçlari isyonçilar hujumi vaqtida deyarli qarşiliksiz qoçib ketganiga e’tibor qaratdi. Şuningdek, Suriyada hukumat kuçlari qulay boşlagaç Rossiya Xmeymim aviabazasi orqali 4 ming nafar Eron qöllovidagi guruh harbiylarini Tehronga evakuatsiya qilib berganini aytdi. Putinga köra, qolgan Eron ta’siridagi guruhlar Livan va Iroqqa qoçgan.

Putinning Suriyadagi holat haqida aytgan eng muhim gapi esa Isroilga boğliq böldi: «Suriyadagi voqealar asosiy benefitsiari, menimça, baribir Isroil», dedi Putin. Uning sözlariga köra, Isroilning bu harakatlariga har qanday baho beriş mumkin va Rossiya Suriya yerlarining egallab olinişiga qarşi. Öz navbatida Putin Isroil hududda öz xavfsizligi bilan boğliq harakatlarni olib borayotganini ham unutmaslik kerakligini ta’kidladi.

«Jölan tepaliklarida mudofaa çiziği bor. Isroil u yerda 63 km gaça odimladi, içkariga 25 kmgaça kirib bordi. U yerlarda sobiq ittifoq vaqtida qilingan juda jiddiy istehkomlar bor», deb qöşimça qildi Rossiya prezidenti.

Nega Isroil eslanmoqda?

Suriyada 10 kun içida hukumat qulagani fonida bu voqealar ortida Isroil turibdi degan gaplarga tez-tez duç kelyapmiz. Oddiy odamlar emas, butun boşli ekspertlar, hatto özbek blogerlar bu haqda gapirmoqda. Xöş, nega Suriya haqida gapirganda Isroil nomi tilga olinyapti? Qölimizda Isroilning bu işlarga qanday aloqasi borligi haqida isbotimiz yöq, lekin ba’zi mulohazalarni bildiriş mumkin.

Eng avvalo Isroil Eronni kuçsizlantirib taşladi. Isroilga qarşi uruş oçgan HAMAS, Hizbulloh, Ansarulloh harakatlari ortida Eron turadi. Isroil ularga bir yil davomida hujum qildi. Bu Eronga harbiy va iqtisodiy jihatdan jiddiy zarba böldi. Bundan taşqari, Tehronda HAMAS lideri Ismoil Haniyani öldirgan Isroil Eronning obrösini ham tökdi. Barça omillar birlaşib Eronning reputatsiyasiga jiddiy ta’sir körsatdi.

Suriyada Asad rejimiga qarşi uruşga tayyorlanib bu uçun payt poylayotgan, Turkiya zimdan qöllaydigan guruhlar esa Eronga ortiqça baho berilganini körib hujumga ötdi. Natija esa hammaga ma’lum — Suriya armiyasi mamlakat prezidentini himoya qilişni istamay, qoçdi.

Yana bir jihat. Suriyada Hizbullohning köp sonli harbiylari, bundan taşqari, Putin aytgan köp miqdordagi Eron qöllovidagi guruhlar Asad rejimini himoya qilib turardi. Hizbullohni Isroil yöq qildi hisob, şu uçun ular Erondan Livanga qurol olib ötişdagi asosiy koridor şahar Xomsni ham himoya qila olişmadi.

Bir söz bilan aytganda, Isroil öz harakatlari bilan Hay’at Tahrir aş Şom kabi guruhlarga Başar Asad işonayotgan Eron mintaqada ortiq katta kuçga ega emas degan signal berdi. Boşqa ittifoqçi Rossiya esa Ukrainada özi bilan özi bölib qolgan. Mantiqan olib qaraganda, Asadni ağdariş uçun bundan qulay fursat yöq edi. Çunki uning rejimi qörquv va zulm evazigagina mavjud bölib turgandi...

Ötkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirçi montaj ustasi — Faxriddin Hotamov