Özbekistonda 2025 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga köra jami 1040 nafar çaqaloq dunyoga keldi, deb xabar beradi Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati.

Ularning 492 nafari öğil, 548 nafari qiz.

Eng köp tuğiliş Farğona viloyatida (154 nafar) qayd etilgan.

Şuningdek, hududlar kesimida keyingi örinlarni:

– Qaşqadaryo viloyati (119 nafar),

– Toşkent şahri (112 nafar),

– Samarqand viloyati (101 nafar),

– Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etgan.

Eng kam tuğiliş esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga töğri kelgan.

Tuğilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, ya’ni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uç homilalik egizakdir.

«Dam oliş kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, tuğuruq komplekslarida ham tibbiyot xodimlari işlamoqda. Jumladan, bayram kunlari respublika böylab 6192 nafar akuşer-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamşiralar navbatçilik asosida aholiga xizmat körsatmoqda», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda 2020 yilning birinçi kunidagi şu davrda jami 1111 nafar, 2021 yilda — 1086 nafar, 2022 yilda — 1448 nafar, 2023 yilda — 1312 nafar, 2024 yilda — 1043 nafar çaqaloq dunyoga kelgan edi.