Milliy statistika qömitasi ma’lum qilişiça, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida mamlakat böyiça jami 373 389 ta tirik tuğiliş holati qayd etilgan.
Hududlar kesimida eng köp çaqaloq Samarqand viloyatida dunyoga kelgan bölib, bu yerda 46 436 ta tuğiliş röyxatga olingan.
Keyingi örinlarni Farğona viloyati - 41 773 ta va Qaşqadaryo viloyati - 41 261 ta tuğiliş bilan egallagan. Şuningdek, Surxondaryo viloyatida 35 461 ta, Andijon viloyatida 32 949 ta, Namangan viloyatida esa 31 441 ta çaqaloq tuğilgan.
Toşkent viloyatida 29 024 ta, Toşkent şahrida 27 446 ta tirik tuğiliş qayd etilgan.
Qolgan hududlar orasida Buxoro viloyatida 17 535 ta, Xorazm viloyatida 17 112 ta, Jizzax viloyatida 16 949 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasida 15 894 ta, Navoiy viloyatida 10 724 ta va Sirdaryo viloyatida 9 384 ta tirik tuğiliş röyxatga olingan.

















