Isroil ötgan yilning sentabrida Suriya janubidagi Xama viloyatidagi harbiy tadqiqot markaziga uyuştirilgan hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Bu haqda Isroil ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Xabar qilinişiça, 2024 yilning 8 sentabr kuni Isroil harbiylari Suriya hududiga kirib, Misiaf hududida joylaşgan markazga hujum qilgan. OAV xabarlariga köra, Isroil xavfsizlik kuçlari «eronliklar zamonaviy yuqori aniqlikdagi qurollar işlab çiqargan markazni portlatib yuborgan».
Avvalroq Isroil hukumati uşbu mavzuni yoritişda senzurani olib taşlagan edi.
Suriyaning SANA axborot agentligi ma’lumotlariga köra, 8 sentabr kuni Isroil askarlarining hujumi va Isroil harbiy-havo kuçlarining Suriyaga bergan zarbasi natijasida 14 kişi halok bölgan, yana 43 kişi yaralangan.












