2023 yil 7 oktyabrdan, ya’ni Isroilning Ğazo sektoriga hujumlari boşlanganidan beri 28 nafar isroillik harbiy öz joniga qasd qildi. Bu haqda Isroil armiyasi xabar berdi.
Isroil armiyasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, Ğazo sektoriga hujumlar boşlanganidan beri öz joniga qasd qilgan harbiylar soni sezilarli darajada oşgan.
2024 yilda öz joniga qasd qilgan harbiylar soni 21 nafarni taşkil etdi, bu sönggi 13 yildagi eng yuqori körsatkiçdir, deya qayd etdi Isroil armiyasi.
Bundan taşqari, 2024 yilda öz joniga qasd qilgan 21 nafar harbiy xizmatçining 7 nafari oddiy askar, 12 nafari zaxiradagi askar bölgan.
Isroil armiyasi ma’lumotlariga köra, 2023 yilda 17 nafar harbiy xizmatçi öz joniga qasd qilgan. 2023 yil 7 oktyabrdan keyin yettita öz joniga qasd qiliş holati sodir böldi.
2022 yilda 14 ta, 2021 yilda esa 11 ta şunday holat qayd etilgan.
Isroil armiyasi, şuningdek, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon minglab isroillik askar ruhiy kasalliklar tufayli jang maydonini tark etgani haqida xabar berdi.













