19 avgust kuni Qöriqlaş Departamentining Aydar-Arnasoy köllar tizimini muhofaza qiliş boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirida köl hududida rezina qayiqda taqiqlangan ov quroli elektr qarmoq yordamida noqonuniy ravişda baliq ovlayotgan brakonerlar qölga olindi. Bu haqda Qöriqlaş Departamenti xabar berdi. 

“Qayiq dastlabki közdan keçirilganda unda 54 dona 2 xil turdagi baliq mahsulotlari borligi aniqlandi. Ovlangan baliq mahsulotlari hududga xizmat körsatuvçi MÇJga topşirildi”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanişiça, noqonuniy baliq ovlaş natijasida tabiatga keltirilgan zarar 1 mlrd 112 mln sömni taşkil qiladi.

Hozirda holat böyiça hujjatlar rasmiylaştirilib, körib çiqiş uçun prokuratura organlariga jönatiş çoralari körilmoqda.