Isroilning Ğazo sektorida Falastinning Hamas guruhi bilan tuzgan sulhiga norozilik sifatida Isroilning uç vaziri iste’foga çiqdi. Bu haqda 19 yanvar, yakşanba kuni The Times of Israel gazetasi öta öng "Otsma yexudit" ("Yahudiy kuçi") partiyasi bayonotiga tayangan holda xabar berdi, ularning uçalasi ham uning vakili hisoblanadi. Xabarda aytilişiça, "Otsma yexudit" rahbari va Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Hamas bilan kelişuvni «terrorizmning töliq ğalabasi» deb atagan va boş vazir Binyamin Netanyahuni «barça mafkuraviy qizil çiziqlarni kesib ötganlik»da ayblagan. Ben-Gvir, şuningdek, bunday kelişuv «kelajakda garovga oliş holatlari uçun şaroit yaratişini» aytdi.

Ben-Gvirning partiyadoşlari, meros vaziri Amikay Eliyaxu va Negev, Jalila va milliy mustahkamlik vaziri Itsxak Vasserlauf ham iste’foga çiqdi. Bundan taşqari, "Otsma yexudit" partiyasi hukmron koalitsiyadan çiqişini e’lon qildi. Uning bayonotida aytilişiça, agar Hamasga qarşi harbiy harakatlar qayta boşlanib, «töliq ğalabaga qadar davom etsa» qaytişga tayyor.

Otaşkesim Isroil hukumatining yana bir a’zosi, moliya vaziri va "Diniy sionizm" partiyasi rahbari Betsalel Smotriç tomonidan tanqid qilindi. Biroq qayd etilişiça, Netanyahuning u va Ben-Gvir bilan uçraşuvidan söng Smotriç hozirça hukumatni tark etmaslikka va’da bergan, ammo hukumat sulhning birinçi bosqiçidan ikkinçi bosqiçiga ötişga qaror qilsa, koalitsiyani tark etiş bilan tahdid qilgan. Smotriçning ketişi mamlakatda muddatidan oldin saylovlar ötkazilişiga olib kelişi mumkin, deya qayd etadi Isroil OAV.

Isroil 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi

Isroil Hamas harakati bilan Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv doirasida 90 nafar falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qildi, deb xabar bermoqda Reuters 20 yanvarga ötar keçasi falastinliklar ozod etilgan Isroil qamoqxona xizmatiga tayanib. Bu ma’lumotni AFP agentligi jurnalistlari tasdiqladi.

Sönggi ma’lumotlarga köra, oynalari qoraytirilgan ikkita avtobus Iordan daryosining ğarbiy sohilida joylaşgan Ofer harbiy qamoqxonasi hududidan çiqib ketgan.

The Times of Israel naşrining yozişiça, gap Ğarbiy Sohilning 78 nafar va Şarqiy Quddusning 12 nafar fuqarosi haqida ketyapti. Ynet portali ma’lumotlariga köra, ular orasida 69 nafar ayol, jumladan, bir nafar voyaga yetmagan qiz, 8 nafar voyaga yetmagan öğil bola va 12 nafar erkak nisbatan kiçik jinoyatlar uçun sudlangan.