O‘zbekiston | 20:06 / 29.01.2025
10277
2 daqiqa o‘qiladi

Elektrlashtiriladigan xonadonlarga imtiyozli tarif joriy etiladi - Mirzamahmudov

Davlat rahbari elektrlashtirilgan xonadonlarga imtiyozli tarif qilib berish bo‘yicha topshiriq berdi, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Avvalroq yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylar gazga ulanmasligi xabar qilingandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda tabiiy gazga ulanmagan, elektrlashtiriladigan xonadonlar uchun elektr energiyasining imtiyozli tarifi joriy etiladi. Bu haqda prezident huzuridagi yig‘ilishdan keyin energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.

“Elektr energiyasi iste’moli ortishi bilan birga aholi, elektr transportlari va boshqa yo‘nalishlarda, ayniqsa, elektrlashtiriladigan xonadonlarga imtiyozli tariflar qilib berish bo‘yicha mexanizmlar bo‘yicha topshiriqlar berdilar”, – dedi vazir “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilish va energetika sohalaridagi loyihalarda mahalliy mahsulotlardan foydalanishga asosiy e’tibor qaratiladi. Energetika vazirligi qoshida Energetika instituti tashkil etiladi.

“Barcha topshiriqlar bo‘yicha qisqa muddatlarda dastur loyihasi kiritiladi”, – dedi Mirzamahmudov.

Avvalroq Kun.uz joriy yildan boshlab yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylar tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmasligi haqida xabar bergandi.

Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Mirzamahmudov 2024 yil oktyabr oyidagi intervyusida tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlardagi xonadonlar uchun elektr energiyasiga 50 foizlik chegirma berilishi, bu tartib 1 yanvardan joriy qilinishi mumkinligini aytgandi. Lekin bu amalga oshmadi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda