2024 yil davomida tez yordam (103) xizmatiga 2713 ta yolğon çaqiriq kelib tuşdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, bu körsatkiç 2023 yilga nisbatan 792 taga kamaygan.
Ta’kidlanişiça, tez tibbiy yordam xizmati sifati eng avvalo 103 brigadalarining çaqiriq manziliga öz vaqtida yetib borişi bilan belgilanadi. Ammo ba’zan fuqarolardan tez yordam avtomaşinalari bemor oldiga keçikib borgani haqidagi e’tirozlar tuşadi. Bunga esa köpinça yolğon çaqiriqlar sabab böladi.
Tahlillarga köra, 2024 yilda eng köp yolğon çaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilgan – 645 ta. Keyingi örinda Qaşqadaryo viloyati — 436 ta. Farğona viloyatidan 259 ta şunday murojaat bölgan. Eng kam yolğon çaqiriq Sirdaryo viloyatida — 17 ta.












