Toşkent metropoliteniga yana yangi tört vagonli 3 ta metro poyezdlari olib kelindi.
Metropoliten xabariga köra, uşbu poyezdlar belgilangan yöriqnomaga asosan, 9-10 kun davomida texnik sinovdan ötkazilib, söngra yölovçilarga xizmat qilişi uçun yönalişlarga çiqariladi.
Ta’kidlanişiça, 2025 yil yanvar-fevral oylarida yana 6 ta metro poyezdi olib kelinişi rejalangan.
Metropoliten 2024 yil 31 dekabrda ham 3 ta «Metrovagonmaş» (Rossiya) zavodida işlab çiqarilgan poyezd olganini e’lon qilgandi.












