AQŞ prezidenti Donald Trampning Ğazo sektoridan falastinliklarni köçiriş va qirğoq çiziğini Amerika nazorati ostiga oliş taklifi köplab mamlakatlarda tanqid qilindi. Xususan, u Germaniya Bundestagidagi hukmron koalitsiya va muxolifat tomonidan tanqid qilindi. 5 fevral, çorşanba kuni Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP)ning taşqi siyosat böyiça eksperti Nils Şmidning aytişiça, Trampning Ğazo sektori haqidagi ğoyasini «mutlaqo qabul qilib bölmaydi».

Bunday harakat «xalqaro huquqni qöpol ravişda buziş va ikki million falastinlikni öz vatanidan mahrum qilişdir», dedi u Reuters agentligiga. Sotsial-demokrat Isroilning xavfsizligi hamda falastinliklarning erkinlik va qadr-qimmatda yaşaş huquqi faqat ikki davlatning tinç-totuv yaşaşi asosidagi mojaroni hal qiliş orqali kafolatlanişi mumkinligini ta’kidladi. «Biz yevropaliklar, arab dunyosidagi hamkorlarimiz bilan birgalikda uşbu tamoyilga amal qilişimiz kerak», — deya qöşimça qildi u hamda Germaniya, Fransiya, Iordaniya va Misr taşqi işlar vazirlarining uçraşuvini ötkazişga çaqirdi.

Öz navbatida, Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) muxolifatdagi fraksiyasi raisi örinbosari Yoxann Vadeful «Trampning Yaqin Şarq siyosatidagi kutilayotgan buzğunçi unsurlar» haqida gapirdi. U AQŞning Ğazo sektori kelajagi va uni qayta quriş uçun javobgarlikni öz zimmasiga oliş majburiyatini olqişladi. Şu bilan birga, mojaroni xalqaro huquq asosida hal etişning haqiqiy siyosiy yeçimiga erişiş muhim, dedi u.

Xitoy va Turkiya hukumati Trampning taklifini rad etdi

Ayni paytda, Xitoy Ğazo sektoridan falastinliklarni majburan köçirişga qarşi çiqdi. Pekindagi Taşqi işlar vazirligi Ğazodagi öt oçişni töxtatişdan «Falastin masalasini töğri yölga qöyiş» va ikki davlat örtasida tinç-totuv yaşaş asosida mojaroni hal qiliş uçun imkoniyat sifatida foydalanilişiga umid bildirdi.

Turkiya taşqi işlar vaziri Xoqon Fidan Trampning AQŞning Ğazo sektori ustidan nazorat qiliş haqidagi taklifini «qabul qilib bölmas» deb atadi. Yaqin Şarqdagi mojaro uni hal qiliş rejalarida falastinliklarning manfaatlari hisobga olinmasa, faqat keskinlaşadi, dedi u Anadolu agentligiga.