Kun.uz'da yangi va yengil uslubga start berdik. Birinçi soni Özbekistonda oxirgi çorak asrda qizlarning yigitlarga nisbatan kam tuğilgani haqida. Jamiyatşunos Sobir Xöjayev hamda akuşer-ginekolog Zarina Igamova bilan holatning sabablari, oqibat va yeçimlari töğrisida suhbat qilindi.
Kun.uz keng qamrovli auditoriyasi uçun hozirgi kunda eng ommabop bölib qolgan podkast janrida ham suhbatlar uyuştirişni boşladi. Unda tahririyat muxbirlari Dilşoda Şomirzayeva hamda Elyor Hoşimov hammualliflikda turli mavzularda mutaxassislar bilan fikrlar almaşişadi.
Dastlabki mavzu Özbekistonda oxirgi yillarda yigitlarga nisbatan qiz farzandlar kamroq dunyoga kelayotganiga bağişlandi. Unda jamiyatşunos Sobir Xöjayeva va akuşer-ginekolog Zarina Igamova nima sabab bunday holat kuzatilayotgani, bunga abortlar sabab bölganmi yoki yöq, kam sonli qizlarning tuğilişi qanday muammolar keltirib çiqarişi hamda bunga yeçim sifatida nimalar qilinişi kerakligi haqida gapirib berişgan.
Podkastning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin. Imkoni bölsa, videolarimizni like va izohlaringiz bilan qöllab-quvvatlang. Yana qaysi mavzuda suhbatlaşişimizni xohlaysiz, video ostida yozib qoldiring. Biz ularni, albatta, körib çiqamiz.











