Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyozda bölib ötgan Rossiya-Amerika muzokaralari natijalarini «yuqori» baholaşini aytdi. Uning sözlaridan «Interfaks» iqtibos keltirdi.

«Ha, menga [muzokaralar natijalaridan] xabar berişdi. Men ularni yuqori baholayman. Natija bor», dedi Putin.

U, şuningdek, Moskva va Vaşington «diplomatik vakolatxonalarning normal faoliyatini tiklaşga kelişib olganini» tasdiqladi. Bu haqda bir kun avval AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qilgan edi. Rossiya prezidentining sözlariga köra, diplomatik vakolatxonalar işiga tösqinlik qiliş «yaxşilikka olib kelmaydi».

«Agar işlar şu tarzda davom etsa, bu binolarda faqat farroşlar işlaydi», dedi Putin.

Uning sözlariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp unga Rossiya-Ukraina uruşi böyiça muzokaralar jarayoni Ukraina iştirokida ötişini va heç kim uni muzokaralardan çetlatmaganini aytgan.

Putin, şuningdek, Saudiya Arabistonidagi Rossiya-Amerika uçraşuvida, jumladan, iqtisodiyot, energetika va koinot masalalari muhokama qilinganini aytdi.

Uning qöşimça qilişiça, Tramp bilan uçraşiş istagi bor, ammo natija bölişi uçun uçraşuvga tayyorgarlik köriş kerak.

Şu bilan birga Vladimir Putin Ukraina mojarosini hal qiliş muddati böyiça AQŞ prezidenti Donald Trampning fikri özgarganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, Tramp avvalroq Ukrainadagi inqirozni hal qiliş uçun qisqa muddat haqida gapirgan, «lekin ma’lumot olişni boşlaganidan söng, öz pozitsiyasini özgartirgan».

«U 6 oy vaqt ketadi, dedi. Biz hozir muddat haqida gapirmaymiz. Lekin bu tabiiy», dedi Putin.

18 fevral kuni Saudiya Arabistonida Rossiya va AQŞ vakillari örtasida uçraşuv bölib ötdi. Tomonlar «Ukraina masalasini tartibga soliş jarayonini» boşlaşga va muzokaraçilarni tayinlaşga kelişib oldi. Muzokaralar taxminan tört yarim soat davom etdi.