Falastinning HAMAS guruhi garovga olingan 5 nafar isroillikni Qizil Xoç taşkiloti xodimlariga topşirdi, deb yozdi The Times of Israel.
Bu safar ozod qiliş jarayonida maxsus taşviqot tadbiri ötkazilmadi, garovdagilar turli joylarda Qizil Xoç taşkilotiga berildi.
39 yoşli Tal Şoham va 38 yoşli Aver Mengistu Ğazo janubidagi Rafahda, 27 yoşli Eliya Koen, 23 yoşli Omer Venkert, 22 yoşli Omer Şem-Tov Ğazo sektori markazidagi Nuseyrat quriliş bölimida Qizil Xoç xodimlariga topşirildi.
Bundan taşqari, HAMAS 2015 yildan beri asirlikda saqlanayotgan Hişom as-Saidni Isroilga topşirdi.
Avera Mengistu va Hişom as-Said ön yildan köproq vaqt davomida HAMAS tomonidan uşlab turildi. Qolgan uç nafari esa 2023 yil 7 oktyabrda guruh jangarilari tomonidan garovga olingan. Mengistu va as-Saidga ruhiy xastalik taşxisi qöyilgan. Ular 10 yil avval garovga olinişidan oldin Isroil çegarasi va Ğazo sektorini mustaqil ravişda kesib ötgan.
HAMAS Isroil bilan tinçlik kelişuvining birinçi bosqiçi doirasida, garovga olingan 33 nafar isroillikning barçasini ozod qildi. Isroil 22 fevral kuni almaşinuv doirasida 602 nafar falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qildi.
Isroil va HAMAS örtasida öt oçişni töxtatiş kelişuvi yanvar oyidan beri amal qiladi. Kelişuvning birinçi bosqiçida HAMAS garovga olingan 33 nafar isroillikni, Isroil esa 1900 nafardan ortiq falastinlik mahbuslarni qamoqxonadan ozod qiliş majburiyatini olgan edi.













