Kurdiston işçilar partiyasi (KIP) ijro qömitasi Turkiya bilan öt oçişni töxtatişini e’lon qildi, deb xabar berdi Turkiyaning AHaber telekanali.
Avvalroq, bu taşkilotning qamoqdagi yetakçisi Abdulla Öjalan safdoşlarini qurollarini taşlab, partiyani tarqatib yuborişga çaqirgan edi.
Qayd etilişiça, KIP özini tarqatib yuboriş uçun qurultoy çaqirişga tayyor.

KIP uzoq vaqt davomida Turkiya hududida mustaqil kurd davlatini yaratiş uçun qurolli kuraş olib bordi. Öz davlatiga ega bölmagan eng yirik xalqlardan biri bölgan kurdlar nafaqat Turkiyada, balki qöşni Suriya, Iroq va Eronda ham yaşaydi. KIP önlab mamlakatlarda terrorçi taşkilot sifatida röyxatga olingan.
KIP sobiq rahbari Öjalan 1999 yildan beri qamoqda. Avvaliga u ölimga hukm qilingan, ammo keyinçalik uning jazosi umrbod qamoq jazosiga özgartirilgan. Uning çaqiriği ortidan Turkiya KIP dala qömondonlaridan öz tuzilmalarini tarqatib yuborişini e’lon qilişini kutmoqda.








