Rossiyani Turkiy Davlatlar Taşkilotiga kuzatuvçi maqomida taklif etiş – taşkilotning içki qoidalariga muvofiq emas. Bu haqda Turkiyadagi hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi raisi örinbosari, turkiy davlatlar bilan aloqalar uçun masʼul Körşad Zorlu maʼlum qildi.

TDTning 30-oktabr kungi Anqara sammitida Qozoğiston prezidenti Töqayev Rossiyaga taşkilotda kuzatuvçi maqomini beriş yoki TDT+ hamkorlik formatiga qöşişni taklif qilgan edi. Körşad Zorlu “Anadolu” agentligiga bergan izohida bu masalani “juda nozik va muhim masala” deb atadi.

Zorluning tuşuntirişiça, 2021-yilgi Istanbul sammitida belgilangan qoidalarga köra, kuzatuvçi maqomini olişni istagan davlat turkiy yoki unga qarindoş tillardan birini butun mamlakat miqyosida davlat yoki rasmiy til sifatida tan olgan bölişi kerak. Rossiyada tatar, boşqird va boşqa turkiy tillar ayrim respublikalarda rasmiy maqomga ega, ammo butun mamlakat böyiça bunday maqom yöq.

Şu bilan birga, Rossiya uçun ötgan yili taʼsis etilgan TDT+ formati muqobil yöl bölişi mumkin. Turkiyalik siyosatçiga köra, agar Rossiya rasmiy ariza bilan murojaat qilsa, uning taklifi taşkilotning strategik maqsadlari va umumiy manfaatlari nuqtayi nazaridan körib çiqiladi. Bunda barça aʼzolarning roziligi talab qilinadi.

“Adolat va taraqqiyot” partiyasi raisi örinbosari sözining davomida Rossiya tarkibidagi turkiy xalqlar respublikalari bilan TÜRKSOY taşkiloti doirasidagi madaniy hamkorlikni qayta tiklaş masalasini kötarişni taklif qildi.

Körşad Zorluning sözlariga köra, 1993-yilda taşkil etilgan TÜRKSOY taşkiloti – Rossiya va turkiy dunyo örtasidagi madaniy aloqalar uçun asosiy platforma hisoblanadi. RF tarkibidagi Oltoy, Tuva, Çuvaşiya, Boşqirdiston, Yakutiya va Tatariston respublikalari TÜRKSOY taşkilotida kuzatuvçi maqomida bölgan, ammo Rossiyaning 2015-yildagi qarori bilan bu respublikalarning TÜRKSOY bilan hamkorligi amalda muzlatib qöyilgan, öşandan beri özaro uçraşuvlar va qöşma tadbirlar ötkazilmagan.

Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qozoğiston rahbarining taklifiga munosabat bildirib, RFning TDTdagi iştiroki “tuşunarli va maqsadga muvofiq” bölişini bildirdi, lekin hozirça Rossiya rasmiy taklif olmaganini maʼlum qildi.