O‘zbekistonda transport tezligini qayd etishdagi xatolik soatiga 10 kilometrga qadar ko‘tarilishi mumkin
Kamera va radarlar tomonidan qayd etiladigan transport vositalari tezligidagi xatolikni soatga 5 kmdan 10 kmgacha ko‘tarish rejalashtirilmoqda.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda texnik qurilma va transport vositalaridagi xatoliklarni inobatga olgan holda, umumiy aniqlangan tezlikdan amaldagi 5 km/soat ayirib tashlash amaliyotini 10 km/soatga ko‘tarish taklif etilmoqda. Bu boradagi tegishli ko‘rsatmani bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov o‘tgan yilning 24 iyulida imzolagan.
Hujjatni Qonunchilik palatasi sobiq deputati Rasul Kusherbayev e’lon qildi. Unga ko‘ra, bu boradagi normativ hujjat loyihasi allaqachon tayyorlangan. Agar tegishli qaror qabul qilingudek bo‘lsa, shahar hududlaridagi haydovchilar jarimaga tortilish xavfisiz soatiga 70 kilometr tezlikda (60+10) harakatlanishi mumkin bo‘ladi. 2023 yil 5 apreldan boshlab O‘zbekistonning barcha shaharlarida transport vositalarining ruxsat etilgan maksimal tezligi soatiga 70 kilometrdan soatiga 60 kilometrga tushirilgan edi.
Ko‘rsatmada, shuningdek, bir yo‘nalishdagi tasmalarni ajratib turuvchi uzluksiz 1.1 yo‘l yotiq chizig‘i bilan bog‘liq yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlash avtomobil yo‘llarini ShNQ va GOST talablariga mos kelgan hududlarda qayd etishga ruxsat berish amaliyotini joriy etish belgilangan.
Bundan tashqari, jarima qaroriga, qoidabuzarliklarni qayd etuvchi texnik vositalar to‘g‘risidagi kengaytirilgan ma’lumotlar (turi, ishlab chiqarilgan zavod raqami va qiyoslash sertifikati)ni ko‘rsatilishini majburiy etib belgilash taklif qilingan.
Ichki ishlar vazirligining «Xavfsiz shahar» markazi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi o‘rnatilishi hamda ekspluatatsiya qilinishini nazorat qiluvchi vakolatli organ etib belgilanadi. 2025 yil 1 mayga qadar IIV foto va video qayd etish axborot tizimlari (server qurilmalari, foto va video qayd etish kameralari)ni joriy etish, ishga tushirish va foydalanish bo‘yicha yagona davlat standartini ishlab chiqishi kerak. «Xavfsiz shahar» markazi, shuningdek, muntazam ravishda barcha tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan o‘rnatilgan foto va video qayd etish qurilmalarini qaytadan o‘rganib chiqib, belgilangan tartibda test sinovidan o‘tkazadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xivada O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 07:34
-
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
O‘zbekiston | 07:02
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
Mavzuga oid

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

16:46 / 25.03.2025
Tez yurishga rag‘bat yoxud yana 10 km/h «pogreshnost» haqida

22:55 / 22.03.2025
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti

10:45 / 22.03.2025