Şavkat Mirziyoyev 5 mart kuni bölib ötgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining kengaytirilgan yiğilişida rahbarlar örtasidagi ortiqça haşamat va dabdabani keskin tanqid qildi.
«Islohotlarimiz natijadorligi avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita boğliq. Bu işda fikri toza yoş avlodni tarbiyalaş ustuvor vazifaga aylanişi şart», – dedi prezident.
Şu maqsadda maktab direktorlari Tarbiya fani doirasida öğil-qizlarimizga halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu ğoyalarni sodda tilda tuşuntirib borişi kerakligi ta’kidlandi.
Rektorlar esa talaba va yoşlarning korrupsiyaga qarşi loyihalari, startap va innovatsion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş tizimini yölga qöyişi zarur.
Umuman, «korrupsiya – kelajakka tahdid» degan ğoya asosida Yangi Özbekiston yoşlari qalbidan joy oladigan tizim yaratilsa, ayni muddao bölişi ta’kidlandi.
Prezident jamoatçilik vakillari va nodavlat taşkilotlariga murojaat qildi.
«Korrupsiyaga qarşi kuraş – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoşimizning vijdon işidir. Umuman, bu jarayondan heç kim çetda turmasligi kerak.
Şu bois, korrupsiyaga nisbatan murosasiz böliş uçun yanada köproq şaroit yaratib, bunga keng jamoatçilikni jalb qilişimiz zarur. Avvalo, nodavlat taşkilotlar faolligini oşiriş lozim. Bu – eng töğri yöl», - dedi davlat rahbari.
Parlament nodavlat taşkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yölga qöyib, ularning imkoniyatlaridan keng foydalanişi maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Masalan, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça konvensiya talablarini monitoring qilişga nodavlat taşkilotlar jalb qilinsa, katta samara berişiga işonç bildirildi.
Uşbu maqsadlar uçun yangi loyihalarni qöllab-quvvatlaşga har yili 10 milliard sömdan ajratib boriladi.
«Korrupsiyani yengiş uçun birinçi navbatda uning ortiqça haşamat va dabdaba degan “öq ildizlarini” quritişimiz şart.
Eng açinarlisi, bunga taniqli şaxslar boş-qoş bölyapti, odamlar ularga tenglaşaman deb, özini “ötga-çöğga” uryapti.

















