AQŞ prezidenti Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Rossiyaga qarşi «jiddiy sanksiyalar» joriy etişga va’da berdi. Uşbu çeklovlar Ukrainada öt oçişni butunlay töxtatilişiga qadar amalda böladi.

«Rossiya Ukrainani jang maydonida mutlaqo „parçalayapti“ degan haqiqatdan kelib çiqib, men Rossiyaga qarşi yirik bank sanksiyalari, çeklovlar va tariflarni qöllaşni qat’iy körib çiqyapman, toki öt oçişni töxtatiş va yakuniy tinçlik kelişuviga erişilgunga qadar. Rossiya va Ukraina, juda keç bölmasdan, hozir muzokara stoliga ötiring. Rahmat!!!», deb yozdi Tramp.

Tramp saylovoldi taşviqoti davomida «24 soat içida tinçlikka erişiş» rejalarini köp marta e’lon qilgan, biroq lavozimga kirişganidan söng, muhim natijalarga erişa olmadi. Bundan taşqari, uning ma’muriyati tomonidan körilgan çoralar asosan Ukrainaga bosim ötkaziş, jumladan, u bilan razvedka ma’lumotlarini almaşişdan boş tortiş va harbiy yordamni muzlatiş bilan çeklandi. Trampning maxsus vakili Kit Kellogg bu Ukrainani Rossiya bilan muzokara olib borişga majbur qilişi kerakligini töğridan töğri ta’kidladi.

AQŞ Ukrainaga qilgan tajovuzi uçun Rossiyaga qarşi sanksiyalarni 2014 yilda joriy etgan. Hozir çeklovlar röyxatida Rossiyaning yuzlab fuqarolari va kompaniyalari bor. Şuningdek, Bayden ma’muriyati tomonidan kiritilgan sanksiyalar röyxatiga Rossiya neftini taşuvçi 161 tanker kiritilgan.

Avvalroq, Trampning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellogg Rossiyaga qarşi joriy etilgan sanksiyalar samarali emasligini aytgan edi.

«Ular 10 ballik tizim böyiça 6 ball darajasida. Lekin ularning amalga oşirilişi 3 ball darajasida. Iqtisodiyotga zarba beradigan sanksiyalar kerak. Biz buni Eron bilan ötmişda qilganmiz, biz bu mamlakatni çindan ham sindirgan sanksiyalarni qöyganmiz», deb ta’kidladi u.