HAMAS asli isroillik bölgan AQŞ fuqarosi Idan Aleksandrni ozod qilişga rozi böldi. Bu haqda HAMAS bayonotiga tayanib, The Times of Israel xabar berdi.

Idan Aleksandr — Isroil Mudofaa armiyasi askari. HAMAS 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroilga uyuştirgan hujumi vaqtida uni garovga olgandi. Ozod etilgan sobiq garovdagilarning sözlariga köra, Idan Aleksandr yerosti tunnelida saqlanmoqda, yetarliça ovqatlanmagani bois u ozib ketgan.

HAMAS, şuningdek, tört nafar öldirilgan garovdagilar jasadini topşirişga rozi bölgan. Ikki fuqaroligi bölgan uşbu şaxslarning ismlari oşkor etilmagan.

HAMAS «ikkinçi bosqiç masalalari böyiça muzokaralarni boşlaş va har tomonlama kelişuvga erişişga töliq tayyor ekanini tasdiqlab, Isroilni ham öz majburiyatlarini töliq bajarişga çaqirdi».

AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mart boşlarida garovdagilarni ozod etiş böyiça HAMAS bilan töğridan töğri muzokaralarni boşlagan edi. Davlat kotibi Marko Rubio 10 mart kuni AQŞ prezidentining garovdagilar böyiça maxsus vakili Adam Bouler va HAMAS örtasida aloqalar faqat bir martagina bölib ötgani va hozirça heç qanday natija bermaganini ma’lum qilgandi.

Isroil va HAMAS örtasida öt oçişni töxtatiş kelişuvining birinçi bosqiçi 1 mart kuni yakunlangan. Unda garovdagi 33 nafar isroillik 1890 nafar falastinlik asir evaziga qaytarildi. Ikkinçi bosqiç böyiça muzokaralar esa hali boşlanmadi.