Isroil mudofaa armiyasi 18 martga ötar keçasi Ğazo sektoriga önlab havo hujumlarini amalga oşirdi, deb yozadi The Times of Israel naşri Isroil harbiylarining bayonotiga tayanib. TsAXAL ma’lumotlariga köra, zarbalar Hamasning örta darajadagi qömondonlari, falastinliklar guruhi siyosiy byurosi a’zolari va uning infratuzilmasiga qarşi qaratilgan.

«Siyosiy eşelon qaroriga muvofiq, TsAXAL va Şin-Bet hozirda Ğazo sektoridagi Hamas terrorçilik taşkilotiga tegişli terrorçilik obektlariga yopirilma zarbalar bermoqda. Tafsilotlar keyinroq beriladi», – deyiladi Isroil mudofaa armiyasi va Şin-Bet xavfsizlik xizmatining qöşma bayonotida.

Isroil boş vaziri devonxonasi xabarida qayd etilişiça, Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Israel Kats harbiylarga Hamasga qarşi «qat’iy çoralar köriş» haqida körsatma bergan.

Isroil mudofaa kuçlari Hamas a’zolari Isroilga hujumlar tayyorlayotgani va qayta guruhlanişga urinayotganini payqaganidan keyin keng kölamli zarbalar berişni boşlaganini ma’lum qildi. Israel Katsning aytişiça, zarbalar Hamas garovga olinganlarni ozod qilişdan boş tortganidan keyin berilgan. TsAXAL zarbalarni «zarurat tuğilganda» davom ettirişini ta’kidladi.

Binyamin Netanyahu sulhni uzaytiriş va garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça muzokaralarda oldinga siljiş yöqligi sababli Hamasga zarba yöllaşga buyruq berganini aytdi. «Bundan buyon Isroil Hamasga qarşi harakat qilib, harbiy qudratini oşiradi», – deyiladi uning bayonotida. Isroil rasmiylari ma’lum qilişiça, operatsiya muddatsiz xarakterga ega va kengayib borişi kutilmoqda.

Reuters agentligi yozişiça, Isroil butun Ğazo sektoriga, jumladan, Ğazo, Dayr-al-Baloh, Xon Yunus va Rafah şaharlariga zarbalar bergan. Isroil armiyasi zarbalari Ğazo şahridagi Al-Daraj markaziy tumanidan kelgan muhojirlar yaşiringan Al-Tabiin maktabiga töğri keldi, deb ta’kidlaydi Reuters. Guvohlar agentlikka ma’lum qilişiça, Isroil tanklari Ğazo sektori janubidagi Rafah hududlarini öqqa tutgan, şu sababli mahalliy aholi uylarini tark etib, şimolga, Xon Yunusga yöl olgan. Aviazarbalardan biri Ğazo sektori janubidagi Al-Mavosi tumanidagi qoçqinlar lageriga berildi, deb yozadi «Al-Jazira».

Isroil Ğazo sektoriga zarba berişdan oldin AQŞ bilan maslahatlaşgan. AQŞ prezidenti Donald Tramp falastinliklar guruhi garovga olinganlarni qaytarmaganidan keyin «Hamasga hujumlarni qayta boşlaş uçun Isroilga yaşil çiroq yoqdi», dedi Isroil rasmiysi The Wall Street Journal naşriga. Uning sözlariga köra, Isroil AQŞni operatsiya boşlanişi haqida ogohlantirgan.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengaşi matbuot kotibi Brayan Hyuz Isroil zarba berişdan oldin AQŞ ma’muriyati bilan maslahatlaşganini tasdiqladi. «Hamas sulhni uzaytiriş uçun garovga olinganlarni ozod qilişi mumkin edi, ammo buning örniga rad etiş va uruşni tanladi», – dedi Hyuz.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt, öz navbatida, Fox News telekanaliga bergan intervyusida Tramp «döst va ittifoqçi Isroil»ni qöllab-quvvatlaşini aytdi. «Prezident Tramp, Hamas, husiyçilar nafaqat Isroilni, balki Amerika Qöşma Ştatlarini ham terror qilmoqçi bölganlarning barçasi buning uçun tovon tölaşini aniq tuşuntirdi», – dedi Livitt (CNN’dan iqtibos).

Hamas guruhi Isroil qariyb ikki oy amalda bölgan öt oçişni töxtatiş kelişuvini bekor qilgani, Ğazo sektorida hamon garovda qolayotgan 59 kişini «mavhum taqdir» kutayotganini ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.

Hamas yetakçilaridan biri Izzat ar-Rişq CNN’ga aytişiça, Isroilning havo hujumlari garovga olinganlar uçun «ölim hukmi»dir. «Netanyahuning uruşga qaytiş qarori – bu okkupatsiya asirlarini qurbon qiliş va ularni ölimga hukm qiliş qaroridir», – dedi u. Izzat al-Rişq Isroil muzokaralar yöli bilan erişa olmagan narsaga uruş va vayronagarçilik bilan erişa olmasligini qöşimça qilgan.

Isroilning havo hujumlari oqibatida 300 dan ortiq kişi halok böldi, mingdan ortiq kişi yaralandi, deb xabar berdi Hamas nazorati ostidagi Ğazo sektori soğliqni saqlaş vazirligi. Vazirlik ma’lumotlariga köra, halok bölganlar orasida köplab bolalar bor.

Isroil va Hamas örtasidagi sulh 19 yanvardan beri amalda edi. Öt oçişni vaqtinça töxtatiş töğrisidagi kelişuv doirasida Hamas garovdagi 33 nafar isroillikni ozod qildi, Isroil esa ikki mingga yaqin falastinlik mahbusni qamoqxonalardan qaytardi. Kelişuvning 42 kun davom etgan birinçi bosqiçi 1 mart kuni yakunlangandi. Ikkinçi bosqiç böyiça muzokaralar boşlanmadi. Sulhning birinçi bosqiçi tugaganidan keyin öt oçişni töxtatiş rejimi taxminan ikki yarim hafta davom etdi. Bu vaqtda vositaçilar sulhni uzaytiriş imkonini beradigan yangi şartlar ustida iş olib borgandi.