Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash institutining asosiy vazifalari belgilandi
Institut adliya organlari va muassasalari xodimlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, sud ekspertizasi, arxiv ishi va ish yuritish, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash, mediatsiya va intellektual mulk sohalari mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi.

Foto: Fotolia
«O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining asosiy vazifalari etib belgilandi:
- adliya organlari va muassasalari xodimlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, sud ekspertizasi, arxiv ishi va ish yuritish, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash, mediatsiya va intellektual mulk sohalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- xalqaro miqyosda O‘zbekiston manfaatlarini munosib ifoda eta oladigan yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish;
- oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash;
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, shuningdek, professional va oliy ta’lim tizimida huquqiy fanlardan dars beradigan pedagog kadrlarning belgilangan davriylikka muvofiq malakasini oshirish;
2025 yil 1 apreldan:
- adliya organlari va muassasalari xodimlariga navbatdagi martaba darajalari ular Institutning maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng beriladi.
- adliya organlari va muassasalari xodimlari hamda yuridik xizmat, advokatura va notariat sohalari bo‘yicha yuridik kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib borishni nazarda tutuvchi kredit-modul mexanizmiga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, Institutda 2025 yil 1 maydan oilaviy mediatsiya ishlari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini raislari professional mediatorlikka bepul o‘qitiladi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina va Rossiya 24 mart kuni Saudiya Arabistonida AQSh bilan uchrashadi
Jahon | 09:33
-
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish uchun 50 mln dollar ajratishi mumkin
O‘zbekiston | 09:24
-
Isroil Rafahda janglarni qayta boshladi
Jahon | 08:51
-
O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishlash uchun yuborilishi mumkin
O‘zbekiston | 08:33
Mavzuga oid

14:10 / 27.02.2025
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining vazifalari belgilandi

08:45 / 07.08.2024
Qishloq xo‘jaligi kadrlarini qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi

11:27 / 27.07.2024
1 avgustdan Raqamli kriminalistika institutiga bir qator huquqlar beriladi

08:26 / 10.07.2024