Migratsiya agentligi direktori örinbosari Azim Husanov va New Future Success Academy xalqaro hamşiralarni tayyorlaş öquv markazining Özbekistondagi boşqaruvçi menejeri Fozilbek Xonxöjayev örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Unda Amerika standartlari böyiça hamşiralarni test sinovlariga tayyorlaş markazini mamlakat hududida oçiş va imtihon markazini taşkil qiliş, (MDH va qöşni davlatlarda yagona markaz böladi) muvaffaqiyatli ötgan nomzodlarni AQŞda bandligini ta’minlaş masalasi muhokama qilindi.
2030 yilgaça AQŞda 1 milliondan ortiq hamşiralarga talab mavjud. Oliy malakali hamşiralarga yiliga 44 mingta qonuniy işçi viza ajratiladi.
Uçraşuv yakunida New Future Success Academy kompaniyasi va Migratsiya agentligi örtasida tibbiyot sohasida nomzodlarni tayyorlaş böyiça memorandum imzolandi.










